Toshkentda ekopolitsiya uniformasi va xizmat mashinalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
18 sentabr 2021, 22:33

Toshkentda ekopolitsiya uniformasi va xizmat mashinalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahri va viloyatlarda Ekologik politsiya bo‘linmalari test rejimida ish boshladi. Poytaxtda ekopolitsiya uniformasi va xizmat mashinalari taqdim etildi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
18 sentabr 2021, 13:43

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi

Hukumat qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Mustaqil hamshira faoliyatni amalga oshirishdagi harakatlari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

O‘zbekiston uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi
18 sentabr 2021, 11:32

O‘zbekiston uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dunyo bo‘yicha uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida beshinchi o‘rinni band etdi. 2020 yilda mamlakatda qariyb 3500 tonna uran qazib olingan.

Yurish uchun to‘lov vaqtincha to‘xtatildi
18 sentabr 2021, 11:18

Yurish uchun to‘lov vaqtincha to‘xtatildi

1hls.uz platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligi sabab qadamlar uchun pul to‘lashni to‘xtatildi. Agar hisobda 500 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa to‘lov to‘xatilishi tushuntirildi. Iyun oyidan buyon fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.

O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashev vafot etdi
18 sentabr 2021, 11:05

O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashev vafot etdi

Aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashev 76 yoshida vafot etdi.

17 sentabr kuni O‘zbekistonda 590 kishida koronavirus aniqlandi
18 sentabr 2021, 10:38

17 sentabr kuni O‘zbekistonda 590 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 590 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, juma kuni 112 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Nima tayyorlaymiz: fastfud
18 sentabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: fastfud

Korn-dog va xot-doglar, non-kabob, shaurma, tovuqli “popkorn” — Zira.uz uyda tayyorlanadigan fastfud retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Transparency Uzbekistan tahliliy markazi tashkil etildi
18 sentabr 2021, 10:17

Transparency Uzbekistan tahliliy markazi tashkil etildi

Adliya vazirligi korrupsiya va ochiqlikni o‘rganuvchi birinchi nodavlat notijorat tashkilot — “O‘zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 sentabr 2021, 21:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Armanistonning Ozarbayjon ustidan BMT sudiga shikoyat qilgani, Kubaning ikki yoshdan katta bolalarni koronavirusga qarshi emlashni boshlagani, Liviya milliy armiyasining Chaddan kelgan 200ga yaqin qo‘zg‘olonchini yo‘q qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 sentabr 2021, 21:30

17 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning SHHT sammitida ishtiroki, Toshkent-Kiyev aviaqatnovi tiklanishi, SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tishi — “Gazeta.uz"ning 17 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Ular haqda nimalar ma’lum?
17 sentabr 2021, 20:39

O‘zbekiston Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Ular haqda nimalar ma’lum?

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni hisobga olgan holda xorij banklaridagi afg‘on aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Gap avgust o‘rtasida «Tolibon» qo‘liga tushmasligi uchun AQSh tomonidan muzlatilgan Afg‘oniston Markaziy bankining milliardlab dollarlari haqida ketmoqda.

Qashqadaryoda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
17 sentabr 2021, 19:14

Qashqadaryoda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Qashqadaryoda mast fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki fuqaro gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdo hajmi oshdi. Bu qanday sodir bo‘ldi?
17 sentabr 2021, 17:56

Avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdo hajmi oshdi. Bu qanday sodir bo‘ldi?

Avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdoning sezilarli o‘sishi kuzatildi, deb xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Shu bilan birga, yangi avtomobillarni sotish hajmi pasayishda davom etmoqda va o‘sish eski avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik sabab ta’minlanmoqda.

Toshkent viloyatida mast haydovchi aybi bilan 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi
17 sentabr 2021, 17:49

Toshkent viloyatida mast haydovchi aybi bilan 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida Matiz va Damas ishtirokidagi avariyada 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Marhumning otasi o‘g‘lini urib yuborgan mast haydovchi Milliy gvardiya xodimi ekanini aytib, videomurojaat bilan chiqdi. Keyinroq ushbu ma’lumot rad etildi.

Marafon sabab Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi
17 sentabr 2021, 17:43

Marafon sabab Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi

18−19 sentabr kunlari Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan «SKY CAMP» marafoni sababli Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
17 sentabr 2021, 16:05

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,98 so‘mga pasayib, 10 674,08 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.

Toshkentda 5 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi
17 sentabr 2021, 15:41

Toshkentda 5 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

Poytaxtning Chilonzor tumanida giyohvand moddalar aylanmasi aniqlandi, 5,2 kg gashish va qariyb 30 gramm «opiy» musodara qilindi.

Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori bo‘ldi
17 sentabr 2021, 15:04

Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori bo‘ldi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi.

SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tdi
17 sentabr 2021, 14:46

SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tdi

2021−2022 yillarda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga raislik qilish O‘zbekistonga rasman o‘tdi. Sammit doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, kambag‘allikni kamaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish kabi vazifalar belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlarini Afg‘onistondagi yangi hokimiyat bilan dialog qilishga chaqirdi
17 sentabr 2021, 14:44

Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlarini Afg‘onistondagi yangi hokimiyat bilan dialog qilishga chaqirdi

«[Afg‘onistonda] hokimiyat tepasiga yangi kuchlar keldi. Bu yuz bergan fakt», — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida. U Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida chet el banklaridagi afg‘on aktivlarini muzlatishni to‘xtatishni taklif etdi. Shuningdek, davlat rahbari SHHT-Afg‘oniston formatida oliy darajadagi doimiy uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting