Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkentning Chilonzor tumanida katta miqdordagi giyohvand moddalar partiyasini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish bo‘yicha tezkor tadbirlarni o‘tkazdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Birinchi bosqichda xodimlar tomonidan oldindan kuzatilgan Cobalt avtomashinasi salonida 3 bo‘lakdan iborat 82 gr gashish shuningdek, shuningdek, kichik elektron tarozi topilgan.

So‘ng Chilonzor tumanida yonidagi qo‘l sumkasida 9 dona o‘ramlarda giyohvandlik vositalarini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur o‘ramlardagi moddalar 5 kg 219 grdan ziyod «gashish» va 29,68 gr. og‘irlikdagi «opiy» giyohvandlik moddasi bo‘lib chiqqan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida og‘irligi 271 kgdan ortiq giyohvandilik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.