Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda uyda tayyorlanadigan fastfud retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Korn-doglar


Korn-dog — uyda oson tayyorlanadigan Amerikaning mashhur fastfudlaridan biridir. Bunday yegulik foydali bo‘lmasa ham, lekin korn-doglar oilangizga yoqishi aniq.

Uyda tayyorlangan xot-doglar


Sizga barchaga sevimli bo‘lshan amerikancha fastfudni uyda tayyorlashni taklif etamiz. Mazali hot-doglarni nonushta yoki kechki ovqatda tayyorlash mumkin

Non-kabob


Non-kabob yoki o‘zbekcha burger — sizga albatta yoqadigan “milliy” fastfuddir. Uyda tayyorlangan bulochka va mayin mol go‘shtidan mazaliroq yana nima bo‘lishi mumkin!

Uyda tayyorlangan shaurma


Agarda siz fastfud taomlaridan shaurmani sevib iste’mol qilsangiz, unda uni uy sharoitida tayyorlashni tavsiya qilamiz. Bunday yegulik juda sersuv va mazali bo‘ladi. Qolaversa masalliqiga shubxa qilmaysiz.

Tovuqli “popkorn”


Mayda bo‘lakchalarga bo‘linib pishirilgan bu yegulikni yoniga pyure yoki kartoshka qalamchalari bilan tortishingiz, shuningdek, shunchaki tamaddi sifatida ham iste’mol qilishingiz mumkin.

Inglizcha “Fish-and-chips”


"Fish-and-chips" ingizlarning eng sevimli va mashhur yeguliklaridan biri bo‘lib, Buyuk Britaniyaning barcha kafelari taomnomasida uni uchratish mumkin.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15