18 sentabr kuni Ekoparkda Ekopolitsiya xodimlari uchun uniforma va xizmat mashinalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Toshkent IIBB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.


Foto: Toshkent IIBB

Ekologik nazorat guruhlari tarkibiga shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, post-patrul xizmati va Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari kiradi.


Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Nazorat guruhlari O‘zbekistondagi ekologik vaziyatga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan bir kun o‘tib shakllantirilgan. Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari tizimida Ekologik politsiya tashkil etilganligini e’lon qilgan edi.


Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Uning vazifasi ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan, noqonuniy daraxt kesish, brakonerlik, chiqindilarni noqonuniy tashlab ketishning oldini olishdan iborat.

Toshkent IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar hali qayta ishlash va tasdiqlash bosqichida.