Aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Irgashev 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda rejissyor Ulug‘bek Yo‘ldoshev Facebook sahifasida xabar berdi.

Shuhrat Irgashev 1945 yil 19 iyunda Toshkentda tug‘ilgan. 1966 yilda «Noziklik» filmida debyut qilgan. A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan va va M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri truppasiga kirgan. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida faoliyat yuritgan.

Shuhrat Ergashev o‘ttizdan ortiq filmlarda rol ijro etgan: «Dilorom», «Qo‘mondonning qaytishi», «U yolg‘iz emasdi», «Qora konsulning o‘limi», «Semurg‘», «Bu yaxshi yigit», «Men senga shahar beraman», «Uchrashuvlar va ajralishlar», «Shumbola», «Ilk yo‘lovchilar» va boshqalar.

Rossiyada suratga olingan bir qator filmlarda ham suratga tushgan. «Boyets», «Psevdonim «Albanets», «Znaxar», «Mech», «Vыsotskiy. Spasibo, chto jivoy» shular jumlasidan.

Shuhrat Ergashev 26 yoshida O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan, 1989 yilda esa O‘zbekiston SSR xalq artisti unvonini olgan.