Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotida nimalar taqiqlangan?

Qaysi hollarda prezidentlikka nomzod o‘z maqomidan mahrum etilishi mumkin? Saylovda tashviqotning qanday turlariga ruxsat berilgan va qaysilari taqiqlangan? Saylov kampaniyasi davomida nomzodlarga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari uchun qanday jazo chorasi qo‘llaniladi? “Gazeta.uz” muxbirining nomzodlarning huquqlari va majburiyatlariga oid savollariga MSK doimiy a’zosi Bahodir Yunusov javob berdi.

Toshkent-Kiyev aviaqatnovi tiklanmoqda

“Uzbekistan Airways” 26 sentabrdan Toshkent — Kiyev — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qatnovlar 6 yildan buyon amalga oshirilmayotgan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 3,5 mln nafardan oshdi

16 sentabr kuni O‘zbekistonda 216 ming 245 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 mln 517 ming 178 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 10,04 foizini tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston MDH davlatlari aholisi bandligi bo‘yicha bitimni tasdiqladi

Prezident MDH ishtirokchi-davlatlari aholisi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha Bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Shartnoma norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha samarali hamkorlikni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sishda davom etmoqda

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zoligida gumon qilingan 12 kishi ushlandi

Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Sizning tajribangizni qo‘llashdan xursand bo‘lamiz” — Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashi xaqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvda uning iqtisodiy korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasidan foydalanishini ta’kidladi. Davlatlar rahbarlari ikkala mamlakatning tranzit salohiyatidan foydalanish va “Shimol-Janub” koridorini, Chorboxor porti bilan, faollashtirish masalalarini ham muhokama qilishdi.

Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlarini Afg‘onistondagi yangi hokimiyat bilan dialog qilishga chaqirdi

“[Afg‘onistonda] hokimiyat tepasiga yangi kuchlar keldi. Bu yuz bergan fakt”, — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida. U Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida chet el banklaridagi afg‘on aktivlarini muzlatishni to‘xtatishni taklif etdi. Shuningdek, davlat rahbari SHHT-Afg‘oniston formatida oliy darajadagi doimiy uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi

SHHT sammiti raisligi rasman O‘zbekistonga o‘tdi

2021−2022 yillarda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga raislik qilish O‘zbekistonga rasman o‘tdi. Sammit doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, kambag‘allikni kamaytirish, turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi"ni qabul qilish kabi vazifalar belgilangan.

Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori bo‘ldi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi Ruslan Mirzayev SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi.

Marafon sabab Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi

18−19 sentabr kunlari Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan “SKY CAMP” marafoni sababli Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi.

Avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdo hajmi oshdi. Bu qanday sodir bo‘ldi?

Avgust oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdoning sezilarli o‘sishi kuzatildi, deb xabar beradi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Shu bilan birga, yangi avtomobillarni sotish hajmi pasayishda davom etmoqda va o‘sish eski avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik sabab ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Ular haqda nimalar ma’lum?

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni hisobga olgan holda xorij banklaridagi afg‘on aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Gap avgust o‘rtasida “Tolibon” qo‘liga tushmasligi uchun AQSh tomonidan muzlatilgan Afg‘oniston Markaziy bankining milliardlab dollarlari haqida ketmoqda.