17 sentabr kuni O‘zbekistonda 590 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 167 858 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 161 275 (+854) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1184 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, juma kuni 112 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 068 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 213 nafarga yetdi.