Haydovchilar YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasi bilan joyida tanishish huquqidan mahrum bo‘ldi
13 aprel 2022, 15:35

Haydovchilar YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasi bilan joyida tanishish huquqidan mahrum bo‘ldi

Hukumat qarori bilan endilikda haydovchi YPX xodimining dislokatsiya ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanisha olmaydi. Buning o‘rniga haydovchi saf bo‘limidan yozma ma’lumot talab qilishi mumkin. Shuningdek, body camera`si bor YPX xodimi haydovchining mastlik holatini alkotester yordamida hodisa joyida o‘zi aniqlashi va bayonnoma rasmiylashtirishi mumkin.

«O‘zbekiston muvozanatli yo‘l tutishga majbur». AQSh elchisi O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasi haqida
13 aprel 2022, 14:28

«O‘zbekiston muvozanatli yo‘l tutishga majbur». AQSh elchisi O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasi haqida

AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum O‘zbekistonning Ukraina mojarosidagi pozitsiyasini tushunishini ma’lum qildi. «Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham chuqur tarixiy va muhim rishtalarga ega. Manfaatlar bois O‘zbekiston muvozanatli yo‘l tutishga majbur… O‘zbekiston birontasining yonini olmayapti», — dedi u.

Boris Jonson karantin qoidalarini buzganligi uchun jarima to‘ladi
13 aprel 2022, 14:12

Boris Jonson karantin qoidalarini buzganligi uchun jarima to‘ladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2020-yilda karantin qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. U mamlakat tarixida qoidabuzarlik uchun jazolangan birinchi bosh vazirga aylandi. Shuningdek, bosh vazirning rafiqasi va g‘aznachilik kansleri ham ushbu ish yuzasidan jarima to‘lagan.

Aleksey Xen Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari bo‘ldi
13 aprel 2022, 13:57

Aleksey Xen Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari bo‘ldi

Aleksey Xen Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U o‘zi ishlab kelayotgan Raqamli rivojlanish departamentiga rahbar bo‘ldi.

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi
13 aprel 2022, 13:49

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi

12 aprel kuni kechqurun Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Tojikiston tomoni bir kishi, qirg‘izistonlik ikki nafar yarador haqida xabar berdi. Kechasi tomonlar kelishuv bo‘yicha kelishib olishgan, hozirda vaziyat barqaror.

Innovatsiya vazirligi hukumatda Sardor Umurzakov tizimiga biriktirildi
13 aprel 2022, 13:36

Innovatsiya vazirligi hukumatda Sardor Umurzakov tizimiga biriktirildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi hukumatda bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazildi. Bunga qadar vazirlik bosh vazir Abdulla Aripov to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qilgan kompleksda edi.

Ukrainada Putinga yaqin deb hisoblangan oligarx Viktor Medvedchuk qo‘lga olindi
13 aprel 2022, 13:33

Ukrainada Putinga yaqin deb hisoblangan oligarx Viktor Medvedchuk qo‘lga olindi

Ukraina xavfsizlik xizmati Putinga yaqin deb hisoblangan oligarx, Rossiyaparast “Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasi rahbari Viktor Medvechukni qo‘lga oldi. U mamlakatdan chiqib ketishga uringan vaqtda ushlangan. Vladimir Zelenskiy Rossiyaga uni ukrain asirlariga almashtirishni taklif qildi.

Old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi
13 aprel 2022, 12:37 1

Old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi

1 maydan boshlab avtomobilning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqib olishlari shart bo‘ladi. Orqa o‘rindiqlarda xavfsizlik kamarini taqish va maxsus bolalar o‘rindig‘idan foydalanish tavsiya sifatida qolmoqda.

Samarqandda fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni $22 mingga sotishga uringani aytilmoqda
13 aprel 2022, 12:16

Samarqandda fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni $22 mingga sotishga uringani aytilmoqda

Jomboy tumanida fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni tanishlari orqali boshqa fuqaroga rasmiylashtirib berishiga ishontirgani va buning evaziga 22 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. U oldindan 11 ming dollarni olganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
13 aprel 2022, 12:14

Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi departamenti bosh direktori maslahatchisi lavozimida ishlagan Ilkka Ryaysyanen mazkur davlatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Adliya vazirligi tibbiyot va ta’lim sohalari xodimlari nomidan sudlarga qariyb 7,2 mlrd so‘mlik da’vo kiritdi
13 aprel 2022, 11:28

Adliya vazirligi tibbiyot va ta’lim sohalari xodimlari nomidan sudlarga qariyb 7,2 mlrd so‘mlik da’vo kiritdi

15 martdan beri Adliya vazirligi tibbiyot va ta’lim sohalari xodimlari manfaati yo‘lida sudlarga salkam 7,2 mlrd so‘mlik da’vo kiritdi. Natijada 5,2 mlrd so‘mlik ish haqi, ustama va boshqa to‘lovlar undirildi, qolaversa, 398 ta shaxs intizomiy, 33 ta shaxs esa ma’muriy javobgarlikka tortildi. Murojaatlarning eng ko‘pi Andijon, Qashqadaryo va Navoiy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, SSV, Oliy ta’lim, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari tizimida ham o‘rganishlar olib borilmoqda.

1 mln so‘m evaziga gashish moddasini eltib bermoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi
13 aprel 2022, 11:03

1 mln so‘m evaziga gashish moddasini eltib bermoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi

DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda samarqandlik ikki fuqaro yonida 1 kgdan ortiq gashish moddasi bilan ushlandi. Ularga narkokurerlik uchun 1 mln so‘mdan berilishi aytilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahri, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham giyohvand moddalar savdosi bilan aloqador bir nechta gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.

120 turdagi dori mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yilga kafolatli xarid qilinadi
13 aprel 2022, 10:06

120 turdagi dori mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yilga kafolatli xarid qilinadi

1 iyulga qadar talab yuqori bo‘lgan 120 turdagi dori vositasini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yilga kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Buning uchun shu yilning o‘zida 300 mlrd so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchilarga bir qator imtiyozlar taqdim etish ham rejalashtirilmoqda.

Mimar Group`ning sobiq arxitektori qurilish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
13 aprel 2022, 10:03

Mimar Group`ning sobiq arxitektori qurilish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Shukrullo Jahongirov qurilish vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Toshkent shahar hokimligida mutaxassis, Mimar Group kompaniyasida bosh arxitektor bo‘lib ishlagan.

Hukumat yana maksimal tezlikni pasaytirmadi
12 aprel 2022, 23:57

Hukumat yana maksimal tezlikni pasaytirmadi

Vazirlar Mahkamasi yangi yo‘l harakati qoidalarini jamoatchilik muhokamasisiz tasdiqladi. Aholi punktlarida standart maksimal tezlik o‘zgarishsiz (70 km/soat) qoldirildi. Respublika komissiyasi uni yirik shaharlarning ma’lum joylarida 60 km/soatgacha kamaytirishi mumkin. Maktablar va bolalar bog‘chalarida tezlik 30 km/soat, aholi turar joylarida 20 km/soatni tashkil etdi.

12 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 aprel 2022, 22:00

12 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Buxoroda DXSH asosida yangi aeroport terminali qurilishi, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasi boshqaruvi huquqidan mahrum bo‘lishi mumkinligi, MIB ishiga aralashganlik uchun belgilangan javobgarlik, 822 ming so‘mgacha bo‘lgan qarzdorlikning ish haqidan undirilishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 12 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Sherali Jo‘rayev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi
12 aprel 2022, 20:56

Sherali Jo‘rayev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston xalq artisti, «Vatandoshlar» jamoat fondining Vasiylik Kengashi raisi Sherali Jo‘rayev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.

Nyu-York metrosida otishma yuz berdi, eng kamida 13 kishi yaralandi
12 aprel 2022, 20:18

Nyu-York metrosida otishma yuz berdi, eng kamida 13 kishi yaralandi

Nyu-York metrosida noma’lum shaxs tomonidan sodir etilgan otishma oqibatida eng kamida 13 kishi yaralandi. Hozirda u politsiya tomonidan qidirilmoqda.

Jahondagi vaziyat tufayli aholiga zarur 150 turdagi dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud
12 aprel 2022, 17:57

Jahondagi vaziyat tufayli aholiga zarur 150 turdagi dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud

O‘zbekistonda tashqi omillar hisobiga 150 turdagi aholi uchun zarur dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud, qalbaki va kontrafakt dorilar sotilishiga haligacha barham berilgani yo‘q, amaliyotda 15 foizlik narx preferensiyasi ishlamaydi. Shu va boshqa 50 ga yaqin muammoga yechim topilmagani prezident ishtirokidagi yig‘ilishda tanqid qilindi.

Toshkentda jonli musiqa va shahar madaniyati festivali o‘tkaziladi
12 aprel 2022, 17:37

Toshkentda jonli musiqa va shahar madaniyati festivali o‘tkaziladi

«Anjir» jonli musiqa va shahar madaniyati festivali poytaxtning Do‘stlik bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Dasturdan — open air (ochiq osmon) formatida o‘tadigan jonli ijrodagi konsertlar va raqs jamoalarining sahna chiqishlari, she’riyat tadbirlari, yoga bo‘yicha master-klasslar, ko‘rgazmalar o‘rin olgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting