Samarqand viloyatining Jomboy tumanida fuqaro davlat zaxirasidagi yer maydonini sotishga uringanlikda gumon qilinmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro Z.P. tumanning «Sarqipchoq» MFY hududida bo‘lgan davlat zaxirasidagi 80 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga tanishlari orqali rasmiylashtirib berishiga ishontirgan.

Yerni 22 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 11 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov ishlari davom ettirilmoqda.