Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi
15 mart 2024, 09:21

Hindistondagi mehmonxonada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi

Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi
14 mart 2024, 23:29

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Olmazor tumanida Lacetti, King Long va 3 ta Cobalt avtomobili to‘qnashdi. 3 nafar haydovchi shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlandi.

Daniya ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirishga qaror qildi
14 mart 2024, 23:07

Daniya ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirishga qaror qildi

Daniya hukumati majburiy harbiy xizmat muddatini uzaytirish va ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni joriy etish niyatida. Hukumat shu yo‘l bilan “jinslar o‘rtasida to‘liq tenglikka” erishmoqchi.

Dunyoda elektromobillar atrofidagi ajiotaj so‘nib bormoqda — CNBC
14 mart 2024, 22:52

Dunyoda elektromobillar atrofidagi ajiotaj so‘nib bormoqda — CNBC

Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.

Foto: Prezident Sayxunoboddagi namunaviy tomorqa xo‘jaligida bo‘ldi
14 mart 2024, 21:51

Foto: Prezident Sayxunoboddagi namunaviy tomorqa xo‘jaligida bo‘ldi

Prezident Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa egalari bilan suhbatlashdi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududni tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish namunasiga aylantirish loyihasi haqida aytgan edi.

Qirg‘iziston parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
14 mart 2024, 21:19

Qirg‘iziston parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi.

Toshkent aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati nazoratchisi pora berishga sheriklikda aybdor deb topildi
14 mart 2024, 20:40

Toshkent aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati nazoratchisi pora berishga sheriklikda aybdor deb topildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi Toshkent xalqaro aeroportidagi Aviatsiya xavfsizlik xizmatining sobiq nazoratchisini 2 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U 2000 dollar evaziga fuqaroni ushbu xizmatga ishga joylashtirishga va’da bergan.

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar savdosi 20,4 foizga qisqardi
14 mart 2024, 20:21

O‘zbekistonda fevral oyida avtomobillar savdosi 20,4 foizga qisqardi

Fevral yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha turdagi avtomobillar savdosi oy davomida 20,4 foizga, yillik hisobda esa 6,3 foizga qisqardi. Yengil avtomobillarga bo‘lgan talab 14 foizga kamaydi.

Toshkent viloyati deputatlari hududning bir qismini “Yangi Toshkent”ga o‘tkazishni ma’qulladi
14 mart 2024, 20:18

Toshkent viloyati deputatlari hududning bir qismini “Yangi Toshkent"ga o‘tkazishni ma’qulladi

Toshkent viloyati deputatlari viloyatning ikki tumani hududining bir qismini poytaxtning “Yangi Toshkent” tumaniga o‘tkazishni ma’qulladi. Belgilanganidan 8,51 gektar ko‘proq yer ajratildi.

Fevralda aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi
14 mart 2024, 18:43

Fevralda aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi

O‘zbekistonda fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Aholi va tadbirkorlar eng ko‘p valyuta kursi o‘zgarishi hamda yoqilg‘i va energetika narxi oshishidan xavfsiramoqda.

Qashqadaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 41,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14 mart 2024, 18:12

Qashqadaryo daryosidan qum-shag‘al qazib olingani sabab tabiatga 41,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya vazirligi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori jami 41,5 milliard so‘mdan ortiq deb baholanmoqda.

Prezident bokschi Isroil Madrimovga Tahoe sovg‘a qildi
14 mart 2024, 17:08

Prezident bokschi Isroil Madrimovga Tahoe sovg‘a qildi

WBA chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi — narxi 1,04 mlrd so‘m bo‘lgan Tahoe avtomobili topshirildi.

Uzum Media firibgarlardan qanday himoyalanish, pulni tejash va yig‘ish haqida aytib berdi
14 mart 2024, 17:00

Uzum Media firibgarlardan qanday himoyalanish, pulni tejash va yig‘ish haqida aytib berdi

Uzum Media komandasi firibgarlardan qanday himoyalanish va omonatlar, kartalar va boshqa bank servislaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qator materiallar chiqardi.

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi
14 mart 2024, 15:38

Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi

O‘sh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodidan (SamAuto) 100 dona Isuzu SAZ LE-60 yo‘lovchi avtobusini xarid qiladi. Xarid O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlandi
14 mart 2024, 15:27

Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Singapurga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qayumov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U bunga qadar Germaniyadagi elchixonada maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

“Madaniyat sohasida iqtisodiy manfaatdorlik abgor ahvolda” — Ozodbek Nazarbekov
14 mart 2024, 15:25

“Madaniyat sohasida iqtisodiy manfaatdorlik abgor ahvolda” — Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.

Uzum IT-akademiyasi yangi ta’lim yo‘nalishlarini ishga tushirmoqda
14 mart 2024, 15:00

Uzum IT-akademiyasi yangi ta’lim yo‘nalishlarini ishga tushirmoqda

Uzum IT-akademiyasida o‘qishning ikkinchi oqimida xohlovchilar “Loyiha menejeri” va Customer Support yo‘nalishlari, shuningdek, Java `da ishlab chiqish hamda tizimlarni tahlil qilish kurslarini tanlashlari mumkin.

Mahallalarga mini traktor va motokultivatorlar olib beriladi
14 mart 2024, 14:48

Mahallalarga mini traktor va motokultivatorlar olib beriladi

Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.

Prezident rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani va pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi
14 mart 2024, 13:38

Prezident rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani va pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.

Prezident Sirdaryoga ketayotib muftiy bilan Ramazon oyi haqida suhbatlashdi
14 mart 2024, 13:23

Prezident Sirdaryoga ketayotib muftiy bilan Ramazon oyi haqida suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda bordi. Yo‘l-yo‘lakay O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan Ramazon oyi, uning fazilatlari, bu oyni yuksak darajada o‘tkazish va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting