2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi
14 fevral 2023, 11:00

2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi

Joriy yilda Orol dengizining qurigan 100 ming gektar maydonida himoya o‘rmonzorlari tashkil etiladi. Hukumat farmoyishiga ko‘ra, buning uchun bir qancha jamg‘armalar, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilgani sabab poydevor cho‘kdi
14 fevral 2023, 10:56

Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilgani sabab poydevor cho‘kdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilib, yomg‘ir suvlari bino poydevorining biroz cho‘kishiga sabab bo‘ldi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, yoriqlar ta’mirlangan. Pudratchiga bahorgi ta’tilda binoni qayta to‘liq ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

«Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi bir kunga yopiladi
14 fevral 2023, 10:27

«Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi bir kunga yopiladi

18 fevral kuni Toshkent metropolitenining «Do‘stlik-2» bekatidan to «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan qismi texnik ishlar sabab ishlamaydi. Harakat 19 fevraldan yana tiklanadi.

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi
14 fevral 2023, 10:25

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. U 2017−2020-yillarda O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Banklarda dollar kursi yana ko‘tarildi
14 fevral 2023, 09:58

Banklarda dollar kursi yana ko‘tarildi

Tijorat banklari 14 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 275 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 385 so‘m.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi
14 fevral 2023, 09:39

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Seshanba kuni ertalab O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi. Epitsentr Dehqonobod tumani bo‘lib, uning magnitudasi 3,6 ni tashkil etdi.

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
14 fevral 2023, 09:26

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston hukumati departamentini boshqargan Akmal Jumanazarov energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

13 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 fevral 2023, 22:00

13 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda yomg‘irli hafta, rektorlarga xodimlarning bolalari bilan maktub yozishish tavsiya qilingani, Turkiya vayronalaridan topilgan yana o‘zbekistonlikning jasadi, Andijonda qulayotgan 5 qavatli bino plitalari, 265 mlrd so‘mga sotilgan «Kvars» kompaniyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
13 fevral 2023, 21:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyadagi zilzilaning quruqlikda qayd etilgan eng kuchli o‘n zilzila qatoriga kiritilgani, Shveysariyada dori-darmon yetishmovchiligi kuzatilayotgani, Fransiyaning o‘z fuqarolarini Belarusni tark etishga chaqirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Kvars» kompaniyasining davlat ulushi 265 mlrd so‘mga sotildi
13 fevral 2023, 17:07

«Kvars» kompaniyasining davlat ulushi 265 mlrd so‘mga sotildi

Shisha qadoqlari, listlar va bankalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Kvars» AJdagi qariyb 90 foiz aksiyalar paketi 265 mlrd so‘mga «Quvasoysement» AJga sotildi.

Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘istonda noqonuniy yer savdosi bilan shug‘illanishda gumonlanganlar ushlandi
13 fevral 2023, 16:51

Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘istonda noqonuniy yer savdosi bilan shug‘illanishda gumonlanganlar ushlandi

O‘rta Chirchiq tumani va Nukus shahrida bo‘sh yer maydonni 14 500 dollar va 37 mln so‘mga sotayotgan shaxslar aniqlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari boshlandi.

Jizzaxda oqqush ovlagan va bo‘ri so‘ygan fuqarolar aniqlandi
13 fevral 2023, 16:46

Jizzaxda oqqush ovlagan va bo‘ri so‘ygan fuqarolar aniqlandi

Jizzaxda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududidan O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan 1 bosh oqqush va qashqaldoqlarni ovlagan fuqarolar aniqlandi. Ularga salkam 20 mln so‘m jarima belgilandi. Yangiobod tumanida yana bir fuqaro bo‘rini so‘ygani uchun 3 mln so‘m jarimaga tortildi.

Toshkent viloyatida «samosud» qilish bilan shug‘ullangan guruh a’zolari ushlandi
13 fevral 2023, 16:21

Toshkent viloyatida «samosud» qilish bilan shug‘ullangan guruh a’zolari ushlandi

Qibray tumanida 2 kishini guruh bo‘lib kaltaklaganlar ushlandi. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
13 fevral 2023, 16:04

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

14−20 fevral kunlari respublikadagi 7 ta viloyatning ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shuningdek, O‘zgidromet 16−18 fevral kunlari Qamchiq dovonida tuman tushishi, shamol kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

XX asr boshlarida Germaniyada tahsil olgan o‘zbek talabasi haqida «Matonatli Maryam» filmi suratga olinadi
13 fevral 2023, 15:02

XX asr boshlarida Germaniyada tahsil olgan o‘zbek talabasi haqida «Matonatli Maryam» filmi suratga olinadi

«Yoshlik» kinostudiyasi va Xorazmcinema hamkorligida XX asrning 20 yillarida Germaniyada o‘qigan o‘zbek talabasi Maryam Sultonmurodovaga bag‘ishlangan «Matonatli Maryam» filmi suratga olinmoqda. Ayni paytda esa mazkur tarixiy-badiiy filmni suratga olish bo‘yicha lokatsiyalar o‘rganilyapti.

«Tolibon» ayollarga ishlash va o‘qish imkoniyatini qayta taqdim etmoqchi
13 fevral 2023, 13:57

«Tolibon» ayollarga ishlash va o‘qish imkoniyatini qayta taqdim etmoqchi

Afg‘oniston muvaqqat hukumati TIV yaqin orada ayollar va qizlarga «islom formati, afg‘on an’analari va shariat qonunlari asosida» o‘qish va ishlash imkoniyati qaytarilishini ma’lum qildi.

Andijonda qurilishi yakunlanmagan binoning plitalari qulab, devorlari buzilib ketdi
13 fevral 2023, 12:35

Andijonda qurilishi yakunlanmagan binoning plitalari qulab, devorlari buzilib ketdi

Andijon shahrida qurilayotgan 5 qavatli binoning plitalari qulab, devorlari buzildi. Ushbu holatda tegishli hujjatlarsiz obyektda qo‘shimcha 2 qavat qo‘shib, qurilish ishlari olib borilgani va jarayonda qoidalarga amal qilinmagani aniqlandi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin
13 fevral 2023, 11:55

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin

O‘zgidromet 14−18 fevral kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Turkiyadagi zilzila vayronalaridan yana bir o‘zbekistonlikning jasadi topildi
13 fevral 2023, 11:46

Turkiyadagi zilzila vayronalaridan yana bir o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Zilzila oqibatida Shonliurfa shahrida yana bir O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani aniqlandi va uning jasadi Toshkentga yuborildi. Umumiy hisobda hozirgacha 4 nafar o‘zbekistonlik zilzila qurboni bo‘ldi.

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli bo‘ladi
13 fevral 2023, 11:27

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta oxirigacha yomg‘ir, ba’zi joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda 15−20 m/s gacha kuchli shamol esishi mumkin. Harorat kechalari 0…+5 iliq, kunduz kunlari asosan +6…+11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting