18 fevral, shanba kuni Toshkent shahri metropolitenining «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati bir kunga to‘xtatiladi. Metropoliten matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Do‘stlik-2 bekatidan to Qo‘ylik bekatiga qadar temir yo‘llarda texnik ishlarning so‘nggi bosqichi bajariladi.

toшкент метрополитени

«Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishi 19 fevral sanasidan doimiy jadval asosida o‘z harakatini davom ettiradi.