O‘zgidromet O‘zbekiston hududi bo‘yicha 13−17 fevralga ob-havo prognozini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, xafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Poytaxtda dushanba kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14, 15 va 17 fevralda qisman, 16 fevralda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechalari 0…+3 daraja iliq, kunduz kunlari +7…+10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik, 16−17 fevralda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

14−16 fevralda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ushbu haftaning harorat foni fevral oyining o‘rtasi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yorga yaqin bo‘ladi, deyiladi xabarda. Kechalari havo harorati 0…+5 iliq, kunduz kunlari asosan +6…+11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublika shimolida haftaning birinchi yarmida kechalari −5…−10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0…+5 daraja iliq, ikkinchi yarmida esa kechalari −2…−7 daraja sovuq, kunduz knulari +2…+7 iliq bo‘ladi.