DXX O‘zbekistondan olib o‘tilayotgan 300 ming dollarlik giyohvand moddani musodara qildi
30 oktabr 2019, 11:51

DXX O‘zbekistondan olib o‘tilayotgan 300 ming dollarlik giyohvand moddani musodara qildi

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Tojikistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga olib o‘tilayotgan 20 kg miqdordagi geroin moddasi ushlab qolindi.

Zoir Mirzayev maktabda dars o‘tdi
30 oktabr 2019, 11:27

Zoir Mirzayev maktabda dars o‘tdi

Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. Zoir Mirzayev Qarshi shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga dars o‘tdi.

«Miskin — Nukus — Beyneu» poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi
30 oktabr 2019, 11:17

«Miskin — Nukus — Beyneu» poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

«Miskin — Nukus — Beyneu» yo‘nalishida poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi. U To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy, Baday, Qorao‘zak, Kaybakli va Nazarxan bekatlarida to‘xtab o‘tadi.

Farhod Salomov Xalq banki raisi bo‘ldi
30 oktabr 2019, 11:08 1

Farhod Salomov Xalq banki raisi bo‘ldi

Xalq banki raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Farhod Salomov bank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Dilmurod Nuritdinov uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari 100 dollar pora olayotganda ushlandi
30 oktabr 2019, 10:24

Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari 100 dollar pora olayotganda ushlandi

Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari va hokimiyat mutaxassisi issiqxona qurish uchun yer ajratib berish evaziga 100 dollar miqdorida pora olayotganda ushlandi.

Prezident regbini rivojlantirish dasturini tasdiqladi
30 oktabr 2019, 10:03

Prezident regbini rivojlantirish dasturini tasdiqladi

Prezident tasdiqlagan regbini rivojlantirish dasturi infratuzilmalarni yaxshilash hamda sportchi va murabbiylarni tayyorlash, regbini aholi o‘rtasida ommalashtirishni nazarda tutadi.

Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik rejasi imzolandi
30 oktabr 2019, 09:41

Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik rejasi imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari MDHga a’zo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi arafasida 2020 yilda harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.

455 ta ko‘p qavatli uyda avariya holati alomatlari aniqlandi
29 oktabr 2019, 23:25

455 ta ko‘p qavatli uyda avariya holati alomatlari aniqlandi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va Qurilish vazirliklari Renovatsiya dasturi doirasida ko‘p qavatli uylarni xatlovdan o‘tkazdi. Mamlakatdagi 34584 ta uydan 455 tasida avariya holati alomatlari aniqlandi.

«O‘zkimyosanoat»: «Navoiyazot» hududida hech qanday favqulodda holat yuz bermagan
29 oktabr 2019, 22:31

«O‘zkimyosanoat»: «Navoiyazot» hududida hech qanday favqulodda holat yuz bermagan

«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi «Navoiyazot»da to‘rt kishining gazdan zaharlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Alkogol mahsulotlari narxi yanada qimmatlashdi
29 oktabr 2019, 19:58

Alkogol mahsulotlari narxi yanada qimmatlashdi

Alkogol mahsulotlari uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi.

Jamoat ishlari jamg‘armasi tizimida noqonuniy xarajatlar aniqlandi
29 oktabr 2019, 19:39

Jamoat ishlari jamg‘armasi tizimida noqonuniy xarajatlar aniqlandi

Moliya vazirligi monitoringi vaqtincha ishsiz aholini jamoat ishlariga jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi Jamoat ishlari jamg‘armasi tizimida 4,7 mlrd so‘mlik noqonuniy sarf-xarajatlarni aniqladi.

Surxondaryoda «KAMAZ» avariyasida ikki kishi halok bo‘ldi
29 oktabr 2019, 19:20

Surxondaryoda «KAMAZ» avariyasida ikki kishi halok bo‘ldi

Ikki kun ichida Surxondaryo va Qashqadaryoda uchta mudhish oqibatlarga olib kelgan YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida «KAMAZ» yo‘ldan chiqib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

Ichki ishlar vaziri ishtirokida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi
29 oktabr 2019, 18:03

Ichki ishlar vaziri ishtirokida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga safar qilib, yangi IIB boshliqlarini tayinladi.

Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi
29 oktabr 2019, 15:46

Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Noyabr oyida qanday ob-havo bo‘ladi?
29 oktabr 2019, 15:29

Noyabr oyida qanday ob-havo bo‘ladi?

Oktabr oyi O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar davridagi eng quruq oylardan biri bo‘ldi. Bu yilgi noyabr oyi ham harorat, ham yog‘inlar rejimiga ko‘ra me’yorga yaqin bo‘ladi.

«Navoiyazot»da to‘rt kishi gazdan zaharlandi
29 oktabr 2019, 15:10

«Navoiyazot»da to‘rt kishi gazdan zaharlandi

«Navoiyazot»ga qarashli PVX zavodida gazdan ingalyatsion zaharlanish yuz berishi natijasida jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Samarqandda yangi yo‘nalishdagi tramvay yo‘li qurilishida daraxtlarga ziyon yetkazilmaydi
29 oktabr 2019, 15:04

Samarqandda yangi yo‘nalishdagi tramvay yo‘li qurilishida daraxtlarga ziyon yetkazilmaydi

Samarqandda «Narpay ko‘chasi — Kimyogarlar qo‘rg‘oni» yo‘nalishidagi tramvay yo‘li quriladigan hududdagi daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi. Qurilish davomida ularga ziyon yetkazilmaydi.

Onkologik bemorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha call-markazlar tashkil etiladi
29 oktabr 2019, 11:49

Onkologik bemorlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha call-markazlar tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan xayriya mablag‘larini, jumladan, zamonaviy elektron to‘lov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakat tashkil etiladi.

«Hyundai» mashinalari 2020 yildan boshlab Namangan konveyeridan chiqa boshlaydi
29 oktabr 2019, 11:44

«Hyundai» mashinalari 2020 yildan boshlab Namangan konveyeridan chiqa boshlaydi

2020 yilning birinchi yarim yilligidan boshlab Namangandagi «Hyundai» zavodidan kichik yuk mashinasi, mikroavtobus hamda avtobuslar ishlab chiqarila boshlaydi.

O‘zbekistonlik 14 nafar og‘ir atletikachi Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi
29 oktabr 2019, 11:29

O‘zbekistonlik 14 nafar og‘ir atletikachi Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi

KXDR poytaxtida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting