9 oktyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga mo‘ljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.

30 oktyabr kuni Bokuda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.