Qashqadaryo viloyatiga yaqinda tayinlangan hokim vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev Qarshi shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga dars o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi o‘z bilimlarini o‘rtoqlashish barobarida o‘quvchilarning ona tili, fizika, matematika va xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini ham sinovdan o‘tkazdi.

Shuningdek, hokim maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlar maktablarga borib, dars berish tartibini joriy etish topshirilgandi.