Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Pxenyan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.

Mazkur qit’a birinchiligida ishtirok etgan 17 nafar sportchining 14 tasi g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yana bir ahamiyatli tomoni o‘zbekistonlik yigitlar yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsalar, qizlar kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa davomida Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg) o‘smirlar o‘rtasida siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha jahon rekordlarini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

G‘olib va sovrindor sportchilar:

Oltin medal:

Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg, yoshlar)

Tursunoy Jabborova (-76 kg, o‘smirlar)

Asadbek Narimanov (-73 kg, o‘smirlar)

Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg, yoshlar)

Doniyor Hamidov (-102 kg, o‘smirlar)

Azimjon Hojiyev (-102 kg, yoshlar)


Kumush medal:

Nigora Abdullayeva (-49 kg, o‘smirlar)

Og‘abek To‘xtayev (-73 kg, o‘smirlar)

Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg, yoshlar)

Mirhosil Mirzabayev (-109 kg, o‘smirlar)


Bronza medali:

Layloxon Xursanova (-71 kg, yoshlar)

Nigora Suvonova (-71 kg, o‘smirlar)

Dolera Davronova (-87 kg, yoshlar)

Hojiakbar Olimov (-67 kg, o‘smirlar)

Delegatsiya a’zolari kecha soat 19:35 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. Tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rahbariyati, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etdi.