29 oktyabr kuni alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Qaror bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilandi.

Xususan, 2019 yil 1 noyabrdan 1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx tegishlicha:

  • vino — 8600 so‘m va 10200 so‘m (ilgari 8000 so‘m va 9600 so‘m);
  • konyak — 31 000 so‘m va 36 600 so‘m (ilgari 29 000 so‘m va 34 600 so‘m);
  • aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar — 22 000 so‘m va 26 000 so‘m (ilgari 19 400 so‘m va 23 200 so‘m) etib belgilandi.