Farhod Islomovich Salomov Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

Salomov 2018 yilning sentyabridan buyon Xalq banki rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U aprelda bank rahbari bo‘lgan Murodilla Eshmatov o‘rniga tayinlandi.

Farhod Salomov (1979 y. t.) — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (2001) va AQSHdagi Kolorado universiteti (2005) bitiruvchisi. Bank tizimidagi faoliyatini 2001 yilda boshlagan. O‘zbekistonga qaytgunga qadar U.S. Bank (AQSH) bankida jarayonlar uchun barqaror yechimlar boshqarmasi ijrochi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Bunga qadar Xalq bankining Toshkent Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Dilmurod Akromovich Nuritdinov Xalq banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.