29 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimiyati qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mutaxassisi B.A. (1982 y.t.) fuqaro S.M.dan (1965 y.t.) F.I. 100 dollar miqdorida pora olayotganda ashyoviy dallilar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov o‘z Telegram-kanalida xabar qildi. B.A. porani fuqaro nomiga issiqxona qurish uchun yer maydonini dehqon xujaligi shaklida egalik qilish huquqini beradigan tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga olgan.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib, shu kuni tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.S. (1966 y.t.) xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan JKning 210 va 212-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

B.A. hamda M.S. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.