«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 29 oktyabrdan «Miskin — Nukus — Beyneu (Qozog‘iston)» yo‘nalishi bo‘yicha har kunlik yo‘lovchi reysini ishga tushirdi, deya xabar berdi kompaniya.

Poyezd To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy, Baday, Qorao‘zak, Kaybakli va Nazarxan bekatlarida to‘xtab o‘tadi.

«Gazeta.uz»ning Nukus vokzali ma’lumotxonasidan aniqlik kiritishicha, poyezd Miskindan 00:07 da yo‘lga chiqadi va Nukusga 3:32 da yetib boradi, u yerdan 4:12 da chiqib, Beyneuga 18:20 da yetib boradi.