Foydali

Nima tayyorlaymiz: tovuqli taomlar
13 noyabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: tovuqli taomlar

Tovuq sonlari va grechka, chaxoxbili, ramyon, qozon-kabob, kotletalar — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan sersuv taomlar retseptlarini taqdim etadi.

Piyoda yurishning foydasi nimada?
12 noyabr 2021, 16:36

Piyoda yurishning foydasi nimada?

Muntazam piyoda yurish — qon bosimini me’yorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari qon bosimi va xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi. Odam kuniga qancha masofa yurishi kerak, yurish vaqti va masofasini qay tartibda oshirib borish zarur? Bu haqda Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova ma’lumot berdi.

Yerda kuzatilgan 5 ta eng g‘ayrioddiy tabiat hodisalari
12 noyabr 2021, 10:47

Yerda kuzatilgan 5 ta eng g‘ayrioddiy tabiat hodisalari

Dunyo bo‘ylab avval kuzatilmagan ayrim tabiat hodisalarining kelib chiqish sabablarini ilm-fan ham tushuntirib berolmaydi. Ularning aksariyati yoki taxminiy hulosalarga, yoki farazlarga asoslanadi. Ayrimlariniki esa haligacha noma’lum. Muzlab qolgan metan pufakchalari, «qonli» yomg‘ir, «o‘lim barmog‘i» va minglab odamlarni o‘ldirgan qora tuman kabi hodisalar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

Nima tayyorlaymiz: xushbo‘y bulochkalar
6 noyabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: xushbo‘y bulochkalar

Jem va tvorogli, yong‘oqli va shokolad pastali, turkcha va quritilgan mevali — Zira.uz xushbo‘y, mayin va shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonda 150 yil ichida bunday hodisa kuzatilmagan — «O‘zgidromet» changli tuman haqida
5 noyabr 2021, 16:49

O‘zbekistonda 150 yil ichida bunday hodisa kuzatilmagan — «O‘zgidromet» changli tuman haqida

Kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-g‘ubor xodisalari yuzasidan «O‘zgidromet» hududlar kesimidagi tafsilotlarni e’lon qildi. Markaz 150 yil davomida bunday holat ilgari kuzatilmagani qayd etdi. Payshanba oqshomida havodagi changning ruxsat etilgan miqdoridan oshib ketishi 30 baravarga yetdi, keyin esa 10 baravarga tushdi.

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent
5 noyabr 2021, 12:42

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent

Toshkentga qumli tuman olib kelgan shamol to‘xtadi, ammo chang havoda saqlanib turmoqda. Poytaxt ko‘chalari sariq rangga burkangan. Noodatiy ob-havo hodisasi haqidagi fotoreportaj — «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva
30 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: issiqqina noodatiy sho‘rva

Frikadelka va qizil loviyali, makkajo‘xori va shovulli, xamir bo‘lakchali va pishloqli — Zira.uz noodatiy usulda tayyorlanadigan sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 oktabr 2021, 16:58

1 noyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Imkoniyati cheklangan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanganda 50 foizlik chegirma berilishi, ayrim MFYlar xodimlarining oylik maoshi 35 foizga oshirilishi, oilaviy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi, mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblarning yagona bazasi yaratilishi — 1 noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

«Oksananing daholigi uning chidamliligida». Oksana Chusovitinaning murabbiyi bilan suhbat
28 oktabr 2021, 09:02

«Oksananing daholigi uning chidamliligida». Oksana Chusovitinaning murabbiyi bilan suhbat

Svetlana Kuznetsova 22 yil davomida buxorolik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitinaga ustozlik qilgan. Sportchi ushbu murabbiy qo‘l ostida 1992 yilgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan. Svetlana Kuznetsova «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida afsonaviy sportchining daholigi va o‘ziga xosligi nimada ekanligi hamda yangi olimpiada g‘alabalarini qo‘lga kiritishga O‘zbekistonga nimalar to‘sqinlik qilayotganligi to‘g‘risida gapirib berdi.

Prezident saylovlarida ovoz berish. Qo‘llanma
23 oktabr 2021, 11:00

Prezident saylovlarida ovoz berish. Qo‘llanma

Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin? Saylov byulleteni qanday to‘ldiriladi va uni suratga olish mumkinmi? «Gazeta.uz» saylov kuni qanday va qayerda ovoz berish mumkinligi haqidagi savollarga javob beradi.

Nima tayyorlaymiz: somsa
23 oktabr 2021, 10:00

Nima tayyorlaymiz: somsa

Somsa-sho‘rva, dangasa somsa, «Parmuda», kabob, tovuq va pishloqli — Zira.uz barchaga manzur keladigan somsalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Nima tayyorlaymiz: turk taomlari
16 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: turk taomlari

Laxmajun, yasmiqli krem-sho‘rva, revani va simitlar, burek yoki yong‘oqli pirog — Zira.uz turk oshxonasining taomlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Strit-art — san’atmi yoki vandalizm?
14 oktabr 2021, 13:32

Strit-art — san’atmi yoki vandalizm?

Graffiti, posterlar, murallar, teglar, asfaltdagi rasmlar — bularning barchasi strit-art, shahar ko‘chalaridagi san’at hisoblanadi. Ba’zilar uchun esa jamoat joylari, metro va yer osti yo‘llaridagi grafittilar vahshiylik va bezorilikka o‘xshaydi. Tasvirlar asosan biror muammoli mavzuni keng omma oldida targ‘ib qilish uchun yashirin tarzda chiziladi. Strit-art qanday kelib chiqqan, uning yo‘nalishlari, mashhur «ko‘cha rassomlari» haqida «Gazeta.uz» so‘z yuritadi.

Green Card dasturiga ariza topshirish va natijalarni tekshirish — qo‘llanma
12 oktabr 2021, 12:00

Green Card dasturiga ariza topshirish va natijalarni tekshirish — qo‘llanma

Green Card dasturiga onlayn anketa qanday to‘ldiriladi? Green Card anketasi uchun fotosuratlar bo‘yicha talablar qanday? Green Card natijalarini qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” o‘quvchilar talabiga binoan Green Card dasturiga onlayn ariza topshirish va ariza natijalarini tekshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

Nima tayyorlaymiz: kotletlar
9 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: kotletlar

Qaymoqli, sabzavotli, tovuqli va kartoshkali, izmircha yoki an’anaviy — Zira.uz mazali va sersuv kotletlar retseptlarini taqdim etadi.

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish
8 oktabr 2021, 12:18

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish

24 oktabr kuni prezident saylovlarida qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingiz mumkinligini bilasizmi? Sizga biriktirilgan saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkinmi? «Gazeta.uz» fuqarolar uchun saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

«Iqtidor va mehnatni o‘zida jamlagan sportchilar kam» — Olim Hikmatov, erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonovning ustozi
5 oktabr 2021, 19:00

«Iqtidor va mehnatni o‘zida jamlagan sportchilar kam» — Olim Hikmatov, erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonovning ustozi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Hikmatov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida murabbiyning sportchi hayotidagi o‘rni, g‘alaba uchun muhim omillar, o‘z shogirdlariga nimalarni uqtirishi, Bekzod Abdurahmonovning sportdagi yo‘li va terma jamoaning keyingi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Qo‘llanma: «Tonirovka» uchun onlayn ruxsatnoma olish
4 oktabr 2021, 15:51 3

Qo‘llanma: «Tonirovka» uchun onlayn ruxsatnoma olish

1 oktabrdan boshlab avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnomani faqat YAIDXP orqali rasmiylashtirish mumkin. O‘quvchilarning iltimosiga ko‘ra, «Gazeta.uz» «tonirovka» sertifikatini olish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

Nima tayyorlaymiz: Osiyo oshxonasi taomlari
2 oktabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: Osiyo oshxonasi taomlari

Tom Yam sho‘rvasi, xitoycha go‘sht, uvra va frikadelkalar, achchiqqina tovuq — Zira.uz Osiyo oshxonasi taomlari retseptlarini taqdim etadi.

“Ayollarga qo‘lidan hech narsa kelmaydigan odamdek qarashlari yoqmaydi”. Viloyatdan poytaxtga kelgan qizlar bilan suhbat (2-qism)
27 sentabr 2021, 17:00

“Ayollarga qo‘lidan hech narsa kelmaydigan odamdek qarashlari yoqmaydi”. Viloyatdan poytaxtga kelgan qizlar bilan suhbat (2-qism)

“Gazeta.uz” O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbatning 2-qismini havola qiladi. Qizlar poytaxtdagi qiyinchiliklar, o‘z yo‘llarini topishdagi ikkilanishlar va jamiyatda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatlar haqida so‘zlab berishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting