«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda iftorlik uchun noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go‘shtli frikadelkalar


Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go‘shtli frikadelkalar — oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib variant. Ushbu taom juda mazali va xushbo‘y bo‘lib chiqadi.

Somsa-sho‘rva


Noodatiy somsani ko‘za shaklida qanday tayyorlashni ko‘rsatamiz. U nafaqat sizning oila a’zolaringizni, balki mehmonlarni ham hayratda qoldiradi.

Satsebeli qaylasida pishirilgan mol go‘shti


Ushbu retsept uchun har qanday go‘shtdan foydalanishingiz mumkin — mol go‘shti, qo‘y va hatto tovuq go‘shti. Ushbu taomning asosiy tarkibi satsebeli qaylasidir, u go‘shtni mazali, sersuv va yumshoq qiladi.

Tovuqli dangasa xonim


An’anaviy taomni tayyorlashning yana bir oson usulini e’tiboringizga taqdim etamiz. Dangasa xonim oddiy masalliqlardan tayyorlanib, ammo tugilish usuli siz uchun noodatiy bo‘lishi aniq.

Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go‘shtli rulet


Go‘sht va quritilgan mevalarning uyg‘unlashgani ushbu taomga o‘ziga xoslikni beradi. Quritilgan mevalar go‘shtga nozik shirin ta’m va sharbat beradi. Ushbu taom tez va oson tayyorlanadi va uni nafaqat issiq taom, balki gazak sifatida tanovvul qilish ham mumkin.

Qiyma bilan to‘ldirilgan pomidorlar


Mana bunday sersuv, yengilgina va mazali taom tushlik yoki kechki ovqat o‘rnini bemalol bosa oladi. Shuningdek pomidorlarning ichiga ta’bga qarab xohlagan masalliqlardan solish mumkin.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.