«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali pasta retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Feta pishlog‘i va cherri pomidorli pasta


Agar siz ushbu makaronni hali tayyorlab ko‘rmagan bo‘lsangiz, albatta sinab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Bu nafaqat mazali, balki juda oson tayyorlanadi.

Vegetariancha pasta


Vegetariancha pasta tayyorlashdan osoni yo‘q. Va bu faqatgina pomidor qaylali spagetti bo‘lishi shart emas. Makaronlar barcha sabzavotlar bilan a’lo darajada uyg‘unlashadi.

Pomidor va tunets balig‘idan tayyorlangan pasta


Sousli makaronlar tezpishar va oson tayyorlanadigan taomlardan biri bo‘lgani uchun ham tushlikka nima tayyorlashni bilmay turganlarga asqotishi aniq.

«Arabyata» pastasi


«Arabyata» pastasi — eng ko‘p iste’mol qiinadigan italyancha taomlardan biri hisoblanadi. Agarda sovutgichingizda ozroq pomidor, sarimsoqpiyoz va achchiq qalampir topilsa, unda mana bunday ajoyib ta’mli pastadan tayyorlab ko‘ring.

Qaymoq va qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan pasta


Taomni yanada mazali qiladigan tarkibidan biri bu albatta qaylasidir. Qaymoq va qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan pasta tez tayyorlanib, taomnomangizni yangilashga xizmat qiladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.