«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil salqin ichimliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Moxito


Moxito — bu muz bo‘lakchalarili muzdak gazli ichimlik, nordon laym yoki limon va xushbo‘y yalpiz aralashmasi hisoblanadi. Ichimlik proporsiyasini o‘z ta’bingizga qarab o‘zgartirishingiz mumkin. Agar sizga limon yoki yalpiz ko‘proq yoqsa bemalol solishingiz mumkin.

Malinali moxito


Yaxna va tetiklantiruvchi, shirasi ham me’yorida bo‘lgan malinali moxito ichimligi issiq kunlarda chanqoqni qondirishda juda qo‘l keladi.

Maymunjondan tayyorlangan moxito


Nihoyatda mazali va tetiklashtiruvchi bunday ichimlik barcha birdek manzur keladi. Bayramona ko‘rinishdagi bu ichimlik atigi 5 daqiqada ttayyorlanadi.

Limonad


Limonad yoz faslida eng sevib ichiladigan ichimliklardan biridir. Yorqin rangli, nordon ta’mli bu ichmlik bilan jazirama yoz sizga qo‘rquv solmaydi.

Shaftolili limonad


Shaftolilar mavsumida ajoyib ichimlik tayyorlang va uning mazasidan bahramand bo‘ling. Bir qultumgina ichib, avval shaftolining yoqimli ta’mi, so‘ng esa limon va yalpizning o‘zgacha mazasini his qilasiz!

Bodringli limonad


Oila a’zolaringiz va keladigan mehmonlarni noodatiy ichimlik bilan siylashni istasangiz, unda mana bunday bodringli limonaddan tayyorlab ko‘ring. Bodringli bu ichimlik issiq kunlarda ayni muddao bo‘lib, har qanday dasturxonga ham ko‘rk bag‘ishlashi aniq.

Olcha va tvorog birlashmasi har doim pishiriqlarga o‘zgacha ta’m bag‘ishlab kelgan. Bunday pirog oila a’zolaringizni bir yerga jamlab, kayfiyatlarini ham ko‘tarishga qodirdir.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.