«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil mazali olchali pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Amerikancha olchali pirog


Amerikancha pirog juda mazali va tayyorlash usuli ham oson, ta’mi esa unutilmas. Olchaning nordonligi pirogga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.

Shtreyzel va olchali pirojkalar


Gaz pechida pishirilgan, oshirma xamirdan tayyorlangan olchali mayin pirojkalarning ta’mi og‘zingizda qoladi. Ustidagi shtreyzel gilos nordonligini yumshatadi.

Tvorogli xamirdan olchali o‘ramalar


Yumshoq tvorogli xamirdan tayyorlangan olchali o‘ramalar — sizni qalbingizni zabt etishi aniq. Ular tez va oson tayyorlanadi. Aytgancha, bunday o‘ramalarni istalgan meva va rezavor mevalar bilan tayyorlash mumkin.

Oshirma xamirdan olcha va o‘rikli pirog


Ushbu pirog — chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lib, ta’mi esa barchani lol qoldirishi aniq. Xamiri juda mayin, asosi esa olchaning yoqimli nordon ta’miga ega, sersuv va xushbo‘y bo‘lib pishadi.

Olchali keks


Keks — tez va oson tayyorlanadigan pishiriq. Mayin va shirin xamir nordon olcha bilan qo‘shilganda, ajoyib ta’m hosil qiladi. Ta’bga ko‘ra tayyor keksga shakar upasi sepishingiz mumkin.

Tvorog va olchadan tayyorlangan o‘rama pirog


Olcha va tvorog birlashmasi har doim pishiriqlarga o‘zgacha ta’m bag‘ishlab kelgan. Bunday pirog oila a’zolaringizni bir yerga jamlab, kayfiyatlarini ham ko‘tarishga qodirdir.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.