Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Toshkentning qayerida maysazorda dam olish mumkin? — qo‘llanma
Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Toshkentning qayerida maysazorda dam olish mumkin? — qo‘llanma
Toshkentda chim ustida yurish va maysalar ustida dam olishga haligacha sovetcha ruhda javob beriladi: “Mumkin emas”. Lekin baribir shaharda bunga ruxsat berilgan joylar paydo bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” maysa ustida dam olish mumkin bo‘lgan joylarni qidirib, poytaxtni aylanib chiqdi. Biz o‘zimiz bilan mashhur arxitektor Kristofer Aleksandrning “Shablonlar tili” kitobini ham oldik – undagi g‘oyalar rasmiylar odamlarga maysazorda dam olishni nima uchun taqiqlamasligi kerakligini tushunishga yordam beradi.

Sayr natijalariga ko‘ra, biz eng yaxshi joylar bo‘yicha qo‘llanma tuzdik. Maqola oxirida ularning manzillari ko‘rsatilgan xaritani topishingiz mumkin.
“Bolalar dunyosi” qarshisidagi xiyobon
Xiyobonda maysa ustida dam olayotgan ko‘plab odamlarni uchratish mumkin. O‘rindiqlar borligiga qaramasdan, odamlar maysa ustida o‘tirishni xush ko‘rishadi. Xiyobonni o‘rab turgan binolar — banklar, ofislar, kovorking joylari. Ish kunining o‘rtasida biroz dam olish istagi paydo bo‘lib turadi.
Shunday kayfiyat yoki vaqtlar, shuningdek, shunaqangi do‘stlik aloqalari bo‘ladiki, odamlar qatʼiy rasmiy kiyim-boshlarda qolgan holda ochiq havoda ovqatlanish, ichimlik ichish va suhbatlashish uchun yig‘ilishlari kerak
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Shunday kayfiyat yoki vaqtlar, shuningdek, shunaqangi do‘stlik aloqalari bo‘ladiki, odamlar qatʼiy rasmiy kiyim-boshlarda qolgan holda ochiq havoda ovqatlanish, ichimlik ichish va suhbatlashish uchun yig‘ilishlari kerak
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Xiyobon bunday maqsadlar uchun juda mos tushadiganga o‘xshaydi.

Lekin uning kamchiliklari ham bor. Ulardan biri — chiqindilar. Bu muammo poytaxtning boshqa yashil hududlarida ham mavjud. Lekin boshqalardan farqli ravishda, “Bolalar dunyosi” qarshisidagi xiyobonda chiqindi qutilari yetarlicha. Afsuski, hamma dam oluvchilar ham chiqindilarini unga tashlashmaydi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda chekish uchun joylarni belgilash qabul qilinmagan. Jamoat joylarida chekish taqiqlanganligi qonunchilikda belgilangan. Lekin chekuvchilar uchun alohida zonalarning yo‘qligi sababli sigaret tutuni hamma joyda bo‘lishi mumkin.

Shahar aholisi orasida ommabop bo‘lgan shahar maysazorlarida chiqindilarni har qanday joyga tashlamaslik va ifloslantirmaslik kerakligi haqida belgilar qo‘yish va chekuvchilar uchun zonalarni belgilash maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Maxsus tabiiy landshaftlar, jumladan, qo‘riqlanadigan hududlar orasida biz okeanlar, ko‘llar va daryolar qirg‘oqlarini alohida ardoqlaymiz, chunki ularning o‘rnini hech narsa egallay olmaydi. Ularning parvarishi va to‘g‘ri ishlatilishi alohida yondashuvga loyiqdir. Katta suv havzalariga intilish inson tabiatining ajralmas qismidir. <...>

Aholi punktlari yaqinida joylashgan tabiiy suv omborlariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak. Qirg‘oqlarda har doim umumiy foydalanish uchun yer uchastkasini saqlash kerak

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi
Anhor kanali yaqinidagi maysa ustida o‘tirish imkoniyati, ayniqsa, qadrlidir – boshqa narsalar qatorida u jimjimador ko‘prik va sekin-astalik bilan harakatlanayotgan shahar aholisining ko‘rinishini taqdim etadi. Shahar aholisi va mehmonlari shu yerda ko‘p suratga tushishadi. Siz ham chiroyli suratlarni olishingiz mumkin. Masalan, Samsung Galaxy S21 FE smartfoniga.
Ushbu joyning kamchiliklaridan biri — maysalarni sug‘orishga mo‘ljallangan yerdan chiqib turgan favvorachalar. Ular yashil rangga bo‘yalgan va maysa bilan aralashib ketgan. Katta yoshdagilar ham, bolalar ham ularga qoqilishi mumkin. Bunday qurilmalar odamlar maysa ustida o‘tirishni xohlaydigan boshqa joylarda ham bor.

Bugun sug‘orish tizimi uchun xavfsiz qurilmalar mavjud. Odamlar dam olishni xush ko‘radigan maysazorlarni aynan shunday qurilmalar bilan jihozlash kerak.
O‘zEkspomarkaz
Sanoat ko‘rgazmasiga boradigan yo‘ldagi bog‘da ushlanib qolish va qirg‘oq bo‘yidagi maysazorda dam olish mumkin, bunda sizga kerakli pavilyonga qarab Bo‘zsuv kanalining har ikki tomonida ham dam olsa bo‘ladi, chunki O‘zekspomarkazning turli binolari atrofida maysazorlar bor-da.

Qirg‘oq bo‘yiga faqat darvozalar orqali kirish mumkin. Ular kechki soat 9 larda yopiladi. Agar siz velosipedda bo‘lsangiz, hududga kirishda piyodaga aylanishga majbur bo‘lasiz. Deyarli odamlar yurmaydigan qirg‘oq bo‘yida velosipedda harakatlanishga taqiqni olib tashlash zarur. Bu taqiqda hech qanday mantiq yo‘q.

Agar bolalar bilan sayr qilayotgan bo‘lsangiz, eʼtiborliroq bo‘ling. Maysazor va suv havzasi o‘rtasida to‘siqlar yo‘q.
Shunday bo‘lishi ham mumkinki, odamlar avvaldan qolishni rejalashtirishmaydi, lekin keyin qolishadi yoki ketishadi – bu ularning qandaydir bir harakatga qanchalar tez yoki sekin kirishishlariga bog‘liq.

Bu shuni anglatadiki, jamoat joylari chetidagi turli xil faollik nuqtalari odamlar o‘tib ketayotganlarida ular bilan munosabatga kirishishlari uchun piyodalar yo‘laklari va binolarga kirish joylariga yaqin bo‘lishi kerak. Bunday holda, har qanday maqsad sari motivlangan harakat sekinlashishi mumkin va qolish hamda dam olish istagi asta-sekin paydo bo‘lishi ehtimoli bor
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Shunday bo‘lishi ham mumkinki, odamlar avvaldan qolishni rejalashtirishmaydi, lekin keyin qolishadi yoki ketishadi – bu ularning qandaydir bir harakatga qanchalar tez yoki sekin kirishishlariga bog‘liq.

Bu shuni anglatadiki, jamoat joylari chetidagi turli xil faollik nuqtalari odamlar o‘tib ketayotganlarida ular bilan munosabatga kirishishlari uchun piyodalar yo‘laklari va binolarga kirish joylariga yaqin bo‘lishi kerak. Bunday holda, har qanday maqsad sari motivlangan harakat sekinlashishi mumkin va qolish hamda dam olish istagi asta-sekin paydo bo‘lishi ehtimoli bor
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Yapon bog‘i
Ko‘rgazma markazi yaqinida yapon madaniyati burchagi mavjud bo‘lib, u yerda o‘ziga xos flora va faunani kuzatish mumkin. Bog‘ga kirish pulli.
Katta shaharning madaniyati va submadaniyatini boyitish, iloji bo‘lsa, uni turli xil kichik submadaniyatlarning ulkan mozaikasiga aylantirish uchun iloji boricha hamma narsani qilish kerak. Har bir submadaniyat o‘z hududiga va boshqalardan farq qiladigan o‘z turmush tarzini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Katta shaharning madaniyati va submadaniyatini boyitish, iloji bo‘lsa, uni turli xil kichik submadaniyatlarning ulkan mozaikasiga aylantirish uchun iloji boricha hamma narsani qilish kerak. Har bir submadaniyat o‘z hududiga va boshqalardan farq qiladigan o‘z turmush tarzini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
Muzey yaqinidagi bog‘ xilma-xil manzaralari bilan o‘ziga jalb qiladi. Qiyalikda o‘tirib, o‘zgacha zavq olish mumkin. Nima uchunligini Kristofer Aleksander tushuntiradi.
Odam uzoqlarga qarasa, u ufq chizig‘i ostidagi narsalarni yuqorisidagiga qaraganda ko‘proq ko‘radi. Shuning uchun kimdir boshqa odamlarni tomosha qilishni xohlasa, u o‘zi uchun harakatlar sahnasidan biroz balandroq bo‘lgan joyni topishga harakat qilishi aniq.

Muammo shundaki, bunday joyda odam odatda sodir bo‘layotgan voqealardan chetlanib qoladi. Ammo ko‘pchilik bir vaqtning o‘zida sodir bo‘layotgan voqealarda ishtirok etishni va uning bir qismi bo‘lishni ham xohlaydi. Bu shuni anglatadiki, bir oz balandlikda joylashgan joylar o‘tayotganlar uchun qulay bo‘lishi kerak, yaʼni ular piyodalar aylanish zonalarida shunday joylashtirilishi kerakki, ularga pastdan osongina yetib borish mumkin bo‘lsin
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Odam uzoqlarga qarasa, u ufq chizig‘i ostidagi narsalarni yuqorisidagiga qaraganda ko‘proq ko‘radi. Shuning uchun kimdir boshqa odamlarni tomosha qilishni xohlasa, u o‘zi uchun harakatlar sahnasidan biroz balandroq bo‘lgan joyni topishga harakat qilishi aniq.

Muammo shundaki, bunday joyda odam odatda sodir bo‘layotgan voqealardan chetlanib qoladi. Ammo ko‘pchilik bir vaqtning o‘zida sodir bo‘layotgan voqealarda ishtirok etishni va uning bir qismi bo‘lishni ham xohlaydi. Bu shuni anglatadiki, bir oz balandlikda joylashgan joylar o‘tayotganlar uchun qulay bo‘lishi kerak, yaʼni ular piyodalar aylanish zonalarida shunday joylashtirilishi kerakki, ularga pastdan osongina yetib borish mumkin bo‘lsin
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi oldidagi xiyobon ushbu sharoitlarga mos tushadi.
Botanika bog‘i
Bu yerda dunyoning turli mamlakatlarida o‘sadigan o‘simlik dunyosini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, tashrif buyuruvchilarni quvontiradigan narsa – o‘simliklar yashash sharoitlarining haqiqiy tabiatga yaqinligi. Bog‘ga kirish pulli. Narxi qimmat emas.
Yovvoyi bog‘da o‘simliklarni tanlash va chegaralarni belgilash yashil maydonlarning o‘sishi maxsus nazoratga muhtoj bo‘lmagan o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi jarayonga aylanadigan tarzda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, tez o‘sib, ko‘payib ketish sodir bo‘lmaydi va ekishning asl tamoyillari buzilmaydi. Misol uchun, yovvoyi tabiiy o‘simliklar gullar va o‘tlar orasiga ekiladi, natijada begona o‘tlar deb ataladigan narsalarga shunchaki joy bo‘lmaydi, shuning uchun bog‘ hududini o‘toq qilishga hojat qolmaydi. <...>

Yovvoyi holda o‘sadigan bog‘ parvarishlanadigan sunʼiy bog‘larga qaraganda sog‘lom va barqaror bo‘ladi. Bunday bog‘ o‘z holiga tashlab qo‘yilganda ham, bir necha mavsum ichida tanazzulga yuz tutmaydi. Aynan yovvoyi holda o‘sadigan bog‘lar odamlarda yana-da chuqurroq hissiyotlarni uyg‘otadi.

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Shuning uchun ham F. N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i juda ham qadrli – jazirama kunda bunday joyda vaqt o‘tkazish baxt hisoblanadi.
Mirzo Ulug‘bek haykali
Taxminan shahar maydoni yoki hovlining o‘rtasida tabiiy ravishda paydo bo‘lgan piyoda yo‘llari orasidagi joyni tanlang va uni biror narsa: favvora, daraxt, haykal, ostida o‘rindig‘i bo‘lgan minorasi, shamol tegirmoni, orkestr uchun pavilyon bilan bezang. Bunday obyekt hududga kuchli va barqaror markazga intiluvchan impuls berishi aniq.
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Taxminan shahar maydoni yoki hovlining o‘rtasida tabiiy ravishda paydo bo‘lgan piyoda yo‘llari orasidagi joyni tanlang va uni biror narsa: favvora, daraxt, haykal, ostida o‘rindig‘i bo‘lgan minorasi, shamol tegirmoni, orkestr uchun pavilyon bilan bezang. Bunday obyekt hududga kuchli va barqaror markazga intiluvchan impuls berishi aniq.
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Mirzo Ulug‘bek haykali kichik maydonga ana shunday impuls beradi. Mashhur olim haykaliga juda yaqin masofada Inha universiteti, Fanlar akademiyasi kutubxonasi va Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti – yaqin atrofdagi yodgorlik maqomiga mos keladigan binolar joylashgan. Yodgorlik atrofidagi maysazorda esa dam olish mumkin.
... odam ko‘chada o‘tirish uchun joy qidirganida, u kamdan-kam hollarda ochiq maydon o‘rtasida o‘tiradi; u odatda suyanish uchun daraxt yoki uni qisman pana qilib turadigan pastqamroq joyni qidiradi.

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Bank-moliya akademiyasi
Bank-moliya akademiyasi yaqinida (sobiq “Telman” bog‘i ro‘parasida joylashgan Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi uzun yashil yer maydoni) xiyobon bo‘ylab ekilgan ko‘plab daraxtlardan biriga suyanadigan bunday pana joy osongina topiladi. Issiq kunlarda ularning soyasi odamlarni qutqarishi mumkin.

Yashil yo‘lak gavjum va mashinalar ko‘p yuradigan Abdulla Qodiriy ko‘chasining ikki tomoni o‘rtasida joylashgan. Lekin bu yerga sobiq Telman bog‘ining asosiy darvozasidan piyodalar yo‘lagi orqali yoki Gandi ko‘chasidan o‘tish mumkin.
Hamid Olimjon ko‘chasi
Yo‘lning narigi tomonida yana bir xiyobon bor – u Hamid Olimjon ko‘chasiga yaqin joylashgan, Abdulla Qodiriy va «Ipak yo‘li» banki o‘rtasida.
[Odamlar] tom maʼnodagi tashqi makonga muhtoj: uydan tashqarida, atrofi qisman yopiq, odamlar o‘zlarini xonalardagi kabi tutishlari uchun xonani eslatadigan, lekin ajoyib quyoshli ob-havo, shamol, ko‘cha hidlari, barglarning shitirlashi va chigirtkalarning chirillashi eshitilib turadigan joy

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Biroq megapolis sharoitida bunday ayvonlarni hadeganda uchratavermaysiz. Bunday xiyobonlar yaxshi muqobil bo‘lishi mumkin, bu yerda daraxtlar ustunlar, yalanglik esa stol vazifasini bajaradi. Hamid Olimjon ko‘chasi yaqinidagi ko‘plab kafelar ovqatni olib ketish va bu yerda piknik sifatida tanovvul qilish imkonini beradi.
Markaziy bog‘ (sobiq “Telman” bog‘i)
Odamlarga Markaziy bog‘dagi ko‘plab piyodalar yo‘laklari bo‘ylab maysazorlarda dam olishga imkon berish muhim – o‘t ustidagi mashg‘ulotlar butun hududni jonlantirib yuboradi.

Hozir esa maysazor yonida taqiqlovchi belgilarni uchratish mumkin.
<...> odamlar tabiiy ravishda jamoat hududlarining chetlariga qarab intilishadi. Ular ochiq osmon ostida qadamlarini sekinlashtirmaydilar. Jamoat hududlarining chetlarida to‘xtash va ushlanib qolish uchun mos joylar bo‘lmasa, bunday hollarda jamoat hududlari shunchaki o‘tib ketish uchun joy bo‘ladi, xolos.

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Ekopark
Issiq mavsumda parkning shinamligi ko‘cha kafelariga yaxshi muqobil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ekoparkda buning uchun maxsus maydon ajratilgan va oziq-ovqatni bevosita uning hududida joylashgan muassasalardan olish mumkin.
Maʼlumki, odamlar bog‘lar, maydonlar va xiyobonlarda, sayr qilish joylarida, shuningdek, ko‘cha kafelarida olomon bilan aralashishni yaxshi ko‘radilar. Bizning fikrimizcha, bu quyidagi sabablarga bog‘liq.

Bunday joylardagi sharoitning o‘zi, tabiiy ravishda odamlarga u yerda bo‘lish huquqini beradi; bunday joylarda atrof-muhitning bir qismi bo‘lgan deyarli ritual faoliyatlar — gazeta o‘qish, sayr qilish, to‘p o‘ynash bilan shug‘ullanishingiz mumkin; odamlar o‘zlarini xavfsiz his qilishadi, dam olishadi, bir-birlariga bosh irg‘ashadi, hatto uchrashuvlar tayinlashadi. Ko‘cha kafesining to‘g‘ri tashkil etilgan ayvoni ushbu talablarga javob beradi. Ammo uning o‘ziga xos sifatlari ham bor: odam u yerda soatlab omma oldida o‘tirishi mumkin!

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Sobiq vino zavodi qarshisidagi yashil hudud
Sobiq vino zavodidan uncha uzoq bo‘lmagan xiyobonda faol harakatli o‘yinlarni o‘ynash mumkin. Yashil zona – o‘tish joyi jamoat hududiga aylangan eng kam misollardan biridir. Mahalliy chiroq ustunlaridan birida hatto basketbol halqasi ham bor.

Bu yerda o‘rindiqlar yo‘q. Ammo, birinchi navbatda, yorqin quyoshli kunda dam olish uchun siz shunchaki daraxtlardan birining ostidagi maysazorda o‘tirishingiz kerak — axir, Kristofer Aleksandr yozganidek, “yozning issiq kunlarida o‘t ustidagi havo harorati asfalt yo‘l ustidagidan 10-14 daraja pastroqni tashkil qiladi”.

Ikkinchidan, o‘rindiqlarni to‘g‘ri o‘rnatish uchun bir qator talablar mavjud – meʼmor ularni ham keltiradi:
1
O‘rindiqlar piyodalar harakatiga yuzlangan holda turishi kerak.
2
O‘rindiqlar janubga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, shunda quyosh nurlari sovuq oylarda ularga tushadi.
3
O‘rindiqlar qishgi mavsumda shamol eng ko‘p esadigan tomondan devor bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
Odamlarga daraxtlar soyasida o‘tirishga ruxsat berish kerak – o‘tirish uchun tabiiy sharoit shakllanishi bilan qo‘shimcha o‘rindiqlarga ham hojat qolmaydi, deydi Kristofer Aleksandr. Lekin baribir ham, bir nechta o‘rindiqlarni o‘rnatish kerak.
Odamlarning istrohat bog‘i, jamoat vestibyuli yoki umumiy ayvonga kelib uxlashlari mumkinligi juda yaxshi belgidir. Insonlar haqida qayg‘uradigan, ishonchni rivojlantiradigan jamiyatda odamlarning baʼzan jamoat hududlarida uxlashni xohlashlari dunyodagi eng tabiiy holdir. <...>

Odamlar ko‘chada uxlab qolishdan qo‘rqmasliklari va boshqa odamlar ko‘chada uxlayotgan odamlarning borligidan qo‘rqmasliklari uchun ishonchni mustahkamlash borasida hamma narsani qilish kerak.

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili

Do‘stlik bog‘i
Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur) va Seul bog‘i hovuz bo‘yidagi daraxtlar soyasida, yengil shabada ostida uxlash uchun juda mos keladi – va bu hech kimni bezovta qilmasligi kerak.

Bir-birimizga ishonaylik.
<...> Shovqinli shahar o‘rtasida tinch burchaklarning bo‘lishi kerakligi ko‘pincha universitetlarda tan olinadi, ularning hududida odamlar yolg‘iz o‘ylashi, dam olishi yoki suhbatlashishi uchun boradigan hilvat burchaklar mavjud. Bunga Kembrij universitetini misol qilib keltirish mumkin: har bir kollejning o‘ziga xos „hovlilari“ bor — Kem daryosiga tushib boradigan sokin hovlilar.

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Pedagogika institutining sobiq binosi
oldidagi maydon
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari va xodimlari uchun universitet oldidagi maydon barcha shahar aholisi kabi dam olish maskani bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Universitet shahar ahli uchun qanchalik ochiq bo‘lsa, u uchun shunchalik yaxshi.
Bir joyda to‘plangan hududiga kirish qatʼiy nazorat qilinadigan yopiq universitetlar imkoniyatlar va o‘rganish istagini yo‘qqa chiqaradi
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Bir joyda to‘plangan hududiga kirish qatʼiy nazorat qilinadigan yopiq universitetlar imkoniyatlar va o‘rganish istagini yo‘qqa chiqaradi
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
O‘zimizni qanchalik noyob deb o‘ylasak ham, biz ham aslida boshqa sutemizuvchilar kabi toza havo va turli yashil landshaftli tabiiy yashash muhitiga ega bo‘lish uchun genetik jihatdan dasturlashtirilganmiz. Xotirjam bo‘lish va o‘zimizni sog‘lom his qilish, odatda, tanamizga tabiat evolyutsiyamizning yuz million yili davomida ishlab chiqqanidek javob berishi uchun imkon berishni anglatadi.

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Bo‘rjar kanali
Bo‘rjar kanali qirg‘oq bo‘yida (Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab) uyg‘unlikni va xotirjamlikni his qilish mumkin – bu yer odamlar bilan gavjum emas, suvga yaqin daraxtlar tagidagi soyali joylar esa jazirama kunlarida kishining ko‘nglini yayratadi.
“Paxtakor” stadioni
O‘zbekistonning eng katta stadion atrofida yashil hududlar kam emas. Odamlar ulardan foydalanganida yana-da yaxshiroq bo‘lardi.

Zamonaviy klublar barcha say-harakatlari bilan tomoshabinlarning o‘yinda bo‘lish vaqtini oshirishga harakat qilishadi, shu maqsadda oilalarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha faolliklar ustida ko‘p ishlashadi.

O‘yin bo‘lmagan kunlari ham stadion atrofida hayot qaynasa yana-da yaxshiroq, shahar aholisi dam olishi mumkin bo‘lgan arena atrofidagi maysalar mana shu manfaatga xizmat qiladi.
Yaxshi misol – “Krasnodar” stadioni oldidagi shunday nomli bog‘. Foto: Olga Chemerskaya / LiveJournal
Shahar maydonidagi hayot tabiiy ravishda uning chetlarida to‘plangan. Agar shahar chetlari noto‘g‘ri ishlasa, bu joy hech qachon boshqalarni o‘ziga jalb qilmaydi. <...> Jamoat joyi gavjum bo‘lishi uchun u to‘liq ravishda faollik nuqtalari bilan o‘rab olingan bo‘lishi kerak
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Shahar maydonidagi hayot tabiiy ravishda uning chetlarida to‘plangan. Agar shahar chetlari noto‘g‘ri ishlasa, bu joy hech qachon boshqalarni o‘ziga jalb qilmaydi. <...> Jamoat joyi gavjum bo‘lishi uchun u to‘liq ravishda faollik nuqtalari bilan o‘rab olingan bo‘lishi kerak
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Shahar muhitida ko‘plab keng o‘rindiqlar, yerda o‘tirish yoki bemalol qum ustida cho‘zilish uchun qulay joylar va burchaklar bo‘lishi lozim. Bunday joylar ob-havo sharoitlaridan boshpana bo‘lishi va ko‘cha harakatidan himoya qilishi mumkin. Ularni yerdan bir pog‘ona balandroq qilish, o‘rindiqlar o‘rnatish va maysa ekish mumkin, shunda u joyda o‘tirib, gazeta o‘qish va mizg‘ib olish mumkin bo‘ladi

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Tashkent City bog‘i
Tashkent City bog‘ida buning uchun barcha shart-sharoitlar mavjud: bog‘ markazida suv havzasi bor, hudud bo‘ylab ko‘cha kafelari tarqalgan, daraxtlar ekilgan, biroq maysazor yonida o‘t ustida dam olishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilgan. Doimo eshitiladigan hushtak ovozlari dam olishga qo‘ymaydi. Bu yerda doim yangrab turadigan musiqa ham diqqatingizni bo‘lib turadi.
Yoshlar teatri
Teatr qarshisida nafas olish mumkin bo‘lgan kichik shinam maydoncha bor. Uning markazidagi platformaga Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan.

Ushbu supachadan xiyobonda madaniy hayotni jonlantirish maqsadida foydalanish mumkin. G‘oya “Shablonlar tili”dan olingan.
Yer yuzida barcha odamlar bir vaqtlar ko‘chalarda raqsga tushishgan; teatrda, qo‘shiqlarda va so‘zlashuv nutqida „ko‘chada raqsga tushish“ iborasi eng katta quvonchni anglatadi. <...> Uyalish va begonalashish so‘nggi paytlarning mahsuli bo‘lib, insonning yana-da dolzarb ehtiyojlarini to‘sib qo‘yadi. Va bu tomirni topishimiz bilanoq, o‘zgarishlar boshlanadi. Odamlar qanday raqsga tushishni eslashadi, hamma musiqa asboblarini qo‘lga oladi, yuzlab odamlar kichik orkestrlarda birlashadilar. <...>

Sayr joylari, maydonlar va kechki ko‘ngilochar markazlarda ko‘cha musiqachilari va mahalliy orkestrlar o‘ynashi mumkin bo‘lgan sahna uchun biroz baland platforma qurish tavsiya etiladi

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Agar maydoncha markazidagi supachani musiqachilar yoki raqqoslarning chiqishlari uchun potensial sahna deb tasavvur qilsak, pastlikda joylashgan maysazor tomoshabinlar uchun ajoyib joy.

Ilgari G‘afur G‘ulom bog‘ida ana shunday raqs maydonchasi bo‘lar edi, shanba kunlari u yerda orkestr nafaqaxo‘rlar uchun romans va valslar ijro etardi.
“Turkiston” saroyi
Sanʼat saroyi atrofida Anhor qirg‘og‘iga chiqadigan keng yashil soyali hudud bor. Do‘stlar bilan suhbatlashish va katta uchrashuvlarni tashkil etish hamda, masalan, stol o‘yinlarini o‘ynash uchun yaxshi joy.
Jamoat hududlarida uzoq vaqt ushlanib qolish, odamlar bilan birga bo‘lish uchun eng kamida bitta joy bo‘lishi kerak. Buning uchun jamoat hududining bir qismini ajratish va uni puxta o‘ylangan holda tashkil etish kerak.

Zamonaviy shaharlar ko‘chalarida odamlar uchun uzoq vaqt, bir necha soat davomida do‘stlari bilan qolish imkoni bo‘lgan joylar juda kam.
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Jamoat hududlarida uzoq vaqt ushlanib qolish, odamlar bilan birga bo‘lish uchun eng kamida bitta joy bo‘lishi kerak. Buning uchun jamoat hududining bir qismini ajratish va uni puxta o‘ylangan holda tashkil etish kerak.

Zamonaviy shaharlar ko‘chalarida odamlar uchun uzoq vaqt, bir necha soat davomida do‘stlari bilan qolish imkoni bo‘lgan joylar juda kam.
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Ochiq havoda vaqtni xushvaqt holda o‘tkazish mumkin bo‘lgan bunday joylarning ahamiyati beqiyosdir.
Odamlarning jamoat joylarida aniq bir maqsadsiz holda bo‘lishlarini rag‘batlantirish kerak. Bu sifat, ayniqsa, jamoat binolaridagi (munitsipalitetlar, tuman jamoat markazlari, jamoat kutubxonalari) jamoat joylari uchun zarurdir: odamlar bekorchidek bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqmasalar, ular muqarrar ravishda binoda sodir bo‘layotgan voqealar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va, ehtimol, ulardan foydalanishni boshlaydilar

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Mustaqillik maydoni
Kristofer Aleksandrning so‘zlari nafaqat binolar uchun, balki ochiq jamoat joylariga ham taalluqli.

Toshkent shahri aholisi va mehmonlari O‘zbekistonning bosh maydoni bo‘ylab erkin harakatlanish, maysazorda dam olish va atrofga qarash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Bolajon bog‘i (sobiq Gorkiy)
Xiyobonga kiraverishda bir nechta oziq-ovqat shoxobchalari bor, lekin bog‘dagi yashil zonalar gavjumdek ko‘rinmaydi. Aftidan, ularni piknik qilish joylariga aylantirish mumkin – bu muassasalarga shahar uchun muhim xususiyatga ega bo‘lgan ko‘cha kafelariga o‘xshash imkonini berardi.
Yevropaning katta-kichik ko‘plab shaharlarida har bir mahallada ko‘cha kafelari bor – bu AQSHdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari kabi keng tarqalgan. Va bunday joylar ijtimoiy diqqatga sazovor joylarga, o‘ziga xos klublarga aylanadi: odamlar o‘zlarining sevimli joylariga qaytishga intiladi, tashrif buyuruvchilarning chehrasi tanish bo‘ladi.

Muvaffaqiyatli ishlaydigan kafe mahallangizda, uyingizdan piyoda borish mumkin bo‘lgan uzoqlikda joylashgan bo‘lsa, yana-da yaxshi. Uning mavjudligi mikrorayonning o‘ziga xosligini mustahkamlashga g‘ayrioddiy tarzda yordam beradi. Bu yangi aholi mahalla va unda anchadan beri yashovchi odamlar bilan tanishishni boshlashlari mumkin bo‘lgan joylardan biridir.

— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili

Birinchi navbatda yerga o‘tirish yoki qum ustida qulay cho‘zilish mumkin bo‘lgan shunday joylarni tashkil etish, bino fasadlari bo‘ylab esa o‘rindiqlar qo‘yish kerak, uxlab olish uchun maxsus joylar (alkov) qilinsa ham yomon bo‘lmas edi
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Birinchi navbatda yerga o‘tirish yoki qum ustida qulay cho‘zilish mumkin bo‘lgan shunday joylarni tashkil etish, bino fasadlari bo‘ylab esa o‘rindiqlar qo‘yish kerak, uxlab olish uchun maxsus joylar (alkov) qilinsa ham yomon bo‘lmas edi
— Kristofer Aleksander, Shablonlar tili
Forumlar saroyi
Toshkentning qoq markazidagi Forumlar saroyi atrofida keng maysazorlar mavjud bo‘lib, ular o‘ziga chorlaydi. Lekin ularning ustida na sayr qilish, na o‘tirishning iloji yo‘q, garchi hech qanday taqiq belgilari bo‘lmasa-da.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari maysada dam olishni xohlovchilarni haydab yuboradi. Fuqaro qarshilik ko‘rsatgan taqdirda esa, sug‘orish tizimini yoqib yuborishlari ham mumkin (o‘z boshimizdan o‘tkazganmiz). Ko‘chaning narigi tomonidagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi binosi oldida esa maysa ustida o‘tirishga taqiq yo‘q.
Amir Temur xiyoboni
Kristofer Aleksander faqat aholisi ko‘p bo‘lgan katta shaharlardagina o‘ziga xos sayohatni boshdan kechirish mumkinligini aytgan – hammaning ko‘z oldida dam olish.

Arxitektorning fikrlari shaharning qoq markazidagi gavjum Amir Temur xiyoboni uchun ham birdek dolzarbdir – har kuni u yerdan minglab fuqarolar o‘tadi. Yodgorlik atrofidagi yashil maydonlarda ularning harakatini kuzatish mumkin.
Sizga qulay bo‘lishi uchun
barcha joylarning xaritadagi o‘rinlarini belgilab chiqdik. Barcha nuqtalarni o‘zaro bog‘lab chiqqanimizda, 36 km chiqdi.
Bu yo‘llardan velosiped marshruti sifatida foydalanish, yo‘l ustidagi joylarni esa
nafas rostlash va maysa ustida o‘tirish uchun imkoniyat deb qarash mumkin.
Siz-chi, dam olish mumkin bo‘lgan maysazorli qanday joylarni bilasiz?
Matnni Grigoriy Morozov tayyorladi.
Fotosuratlar muallifi Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Matn va barcha grafik materiallarga bo‘lgan huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli. “Gazeta.uz” internet-nashrida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting