Uzbekistan Airport tomonidan tashkil etilgan Silk Avia yangi mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

ATR 72−600 samolyoti Bangkokdan 17 mart kuni soat 23:07 da (Toshkent vaqti bilan 18 mart 4:07) havoga ko‘tarildi. Maksimal balandlik (7600 m) va parvoz masofasi (1500 km) hisobga olinsa, samolyot oltita to‘xtash nuqtasi — Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjon orqali uchadi.

atr 72-600, silk avia, uzbekistan airportsBungacha mashina texnik holati va bo‘yalishi ko‘rikdan o‘tgan, sinov parvozlarini amalga oshirgan va eksport sertifikatini olgan.

Silk Avia 2021 yil sentabr oyida ro‘yxatga olingan. Uni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston fuqarolarini arzon narxlarda ichki havo transporti bilan ta’minlashdan iborat edi. Uzbekistan Airports birinchi bosqichda boshqaruvchi kompaniya sifatida faoliyat yuritmoqchi. So‘ngra tashuvchini xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ilk reyslar o‘tgan yilning kuziga mo‘ljallangan edi, biroq bu sana ortga surildi.

atr 72-600, silk avia, uzbekistan airportsKompaniya fransuz-italyan ishlab chiqaruvchisidan jami uchta ATR72−600 (sotib olish va lizing asosida) va yana to‘qqizta ATR samolyotini import qilishni rejalashtirmoqda.

“ATR 72−600 70 yo‘lovchi sig‘imi bilan dunyodagi eng mashhur qisqa masofali samolyotlardan biridir. Airbus A320 ga qaraganda to‘rt baravar kam yoqilg‘i sarflaydigan xavfsiz va tejamkor arzon samolyot yo‘lovchilarga hamyonbop narxda ishonchlilik va qulaylikni taqdim etadi”, — deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.