Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarmida milliy valyuta 7,2 foizga qadrsizlangan. Bunga pandemiya ta’sirida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi, devalvatsion kutilmalarning o‘sishi, shuningdek, ichki bozorda chet el valyutasiga talabning o‘sishi kabi omillar ta’sir qilgan.

Foto: Markaziy bank

Yilning ikkinchi yarmida so‘mning almashuv kursi nisbatan barqaror dinamika kuzatilib, 2,7 foizga qadrsizlandi.

Bundan tashqari, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi — 6 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘tgan yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 4,6 mlrd dollarni (2019 yil — 3,8 mlrd dollar, o‘sish 21 foiz), sotib olish hajmlari esa, 4,1 mlrd dollarni (2019 yil — 1,8 mlrd dollar, o‘sish 2,3 barobar) tashkil etdi.

Foto: Markaziy bank

2020 yilda ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 19,5 mlrd dollarini tashkil etib, 2018 va 2019 yillarga nisbatan mos ravishda 1,7 va 1,3 barobarga o‘sdi.

Foto: Markaziy bank

Mamlakatda xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 14,3 mlrd dollarini tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 21 foizga o‘sdi.