2021 yilgi davlat dasturiga oid prezident farmoni лойиҳасидан koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini davom ettirish ham o‘rin olgan.

Unga ko‘ra, quyidagilarning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi:

  • turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan yer va mol-mulk solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlarga oid 20 mingta tadbirkorlik sub’ektining 2020 yil yakuniga qadar kechiktirilgan 400 milliard so‘mni qaytarishi;
  • prezidentining 2020 yil 19 martdagi [PF-5969 son] farmonida nazarda tutilgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turish, shuningdek soliq qarzini majburiy undirish choralari ko‘rilishiga cheklov
    (2020 yil 31 dekabr holatiga mavjud soliq qarzga nisbatan);
  • prezidentining 2020 yil 3 apreldagi [PF-5978‑son] farmonida nazarda tutilgan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib soliq organlarini xabardor qilgan holda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha berilgan foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) tartibi;
  • «xufiyona iqtisodiyot» ulushini qisqartirish uchun soliq auditi o‘tkazishda «tahlika-tahlil» tizimi bosqichma-bosqich joriy etilgan holda soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarida soliq auditi o‘tkazilishiga moratoriy.

Avvalroq, «Gazeta.uz» 2021 yilgi davlat dasturi loyihasida 1 martdan boshlab mahalliy aviareyslarga cash back, ya’ni chipta narxining 30 foizi qaytarish, elektr energiyasi va gaz importi bo‘yicha monopoliyani bekor qilish, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekishga majburlash, yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish талабини bekor qilish hamda ishlamaydigan fuqarolarga ham pensiya berish tartibini joriy etish kabi takliflar ham aks etgani haqida yozgan edi.