Markaziy bank eski namudagi banktnota va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddatini e’lon qildi.

1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan edi. Ularning o‘rniga esa 2018 yildan buyon 200 va 500 so‘mlik tangalar doimiy ravishda muomalaga chiqarilmoqda.

2020 yil 1 iyuldan beri eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar va banknotlar faqat Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalarining hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib berilmoqda.

Fuqarolarning qo‘lida hanuz eski namunadagi tanga va banknotlar mavjudligi bois Markaziy bank boshqaruvining 2021 yil 9 yanvardagi qarori bilan ularni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati etib — 2022 yil 1 yanvar belgilandi.

Foto: Markaziy bank

Eski namunadagi pullarni Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida almashtirish mumkin.