Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Poytaxt Bank» AJ hamda «O‘zagroeksportbank» ATB ustav kapitalidagi 100% davlat aksiya paketlari narxlarini maksimal qiymatda, shu bilan birga kelgusida bankning moliyaviy holati barqarorligini oshirish va rivojlantirish shartlari bilan ommaviy savdolar orqali sotish rejasi haqida e’lon qildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu bitim doirasida xalqaro miqyosida tan olingan konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalardan Deloitte kompaniyasi «Poytaxt Bank» AJni, Grant Thornton kompaniyasi «O‘zagroeksportbank» ATBni xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlab olindi.

«O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan Bank tasdiqlangan davlat sug‘urta qo‘yilmalari dasturida ishtirok etadi, litsenziyasi bekor qilingan holda ham qo‘yilmalar summasidan qat’i nazar, qo‘yilmalar 100% miqdorida qaytariladi», — deyiladi xabarda.