Iqtisodiyot

“Islohotlarni qilib, tezroq boyisak, „Tolibon“ kabi xatarlar unchalik qo‘rqinchli emas” — iqtisodchi Behzod Hoshimov
17 avgust 2021, 14:53

“Islohotlarni qilib, tezroq boyisak, „Tolibon“ kabi xatarlar unchalik qo‘rqinchli emas” — iqtisodchi Behzod Hoshimov

Behzod Hoshimovning yozishicha, iqtisodiy qoloqlik va imkoniyatlar tengsizligi kelajakda O‘zbekiston tinchligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. “Bizning iqtisodiy darajamizda bizdek tinch mamlakatlar deyarli yo‘q, bizning daromadlarimiz ancha „xavfli“ chegarada”, — deydi u.

«Korrupsionerlar besh oyda 450 mlrd so‘m zarar yetkazgan» — Shavkat Mirziyoyev
17 avgust 2021, 11:18

«Korrupsionerlar besh oyda 450 mlrd so‘m zarar yetkazgan» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan 500 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilib, yetkazilgan zarar 450 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi
16 avgust 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 23,00 so‘mga pasaydi va jami 10 660,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro kursi ko‘tarildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi
16 avgust 2021, 14:32

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha biznes-tahlil va tavsiyalar tayyorlaydi. Beshta viloyatda markaz filiallari ochiladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi
13 avgust 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11,00 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 683,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

Radar joyi uchun kurash: narx boshlang‘ich bahosidan qariyb 100 barobarga oshib ketdi
12 avgust 2021, 17:37

Radar joyi uchun kurash: narx boshlang‘ich bahosidan qariyb 100 barobarga oshib ketdi

Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi elektron auksionda boshlang‘ich bahosidan 95 barobar qimmatga — qariyb 3,5 mlrd so‘mga sotildi.

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda
12 avgust 2021, 16:39

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda

Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yangi tadbirkorlik subyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish, birinchi qavat va yerto‘lalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
12 avgust 2021, 16:09

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11,97 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 672,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

Yo‘llarga sarflanayotgan mablag‘lar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish taklif etilmoqda
12 avgust 2021, 13:23

Yo‘llarga sarflanayotgan mablag‘lar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash borasidagi barcha ma’lumotlar joylashtiriladigan ochiq platformani ishga tushirishni taklif qildi. Uning yordamida yo‘l infratuzilmasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish va yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.

Frensis Fukuyama O‘zbekiston va mamlakatlar qanday qilib farovonlikka erishishi haqida
12 avgust 2021, 10:22

Frensis Fukuyama O‘zbekiston va mamlakatlar qanday qilib farovonlikka erishishi haqida

Stenford universiteti professori Frensis Fukuyama «Hoshimov Iqtisodiyoti» loyihasining mehmoni bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi, Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyotiga nima to‘siq bo‘lishi, iqtisodiy o‘sish va demokratiya o‘rtasidagi bog‘liqlik, taraqqiyot uchun zarur omillar haqida fikr bildirdi. «Gazeta.uz» ushbu suhbatdan ayrim qismlarini taqdim etadi.

O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?
12 avgust 2021, 10:04

O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?

Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.

«To‘palang» suv omboridan 361 kilometrlik suv quvurlari yotqiziladi
12 avgust 2021, 08:35

«To‘palang» suv omboridan 361 kilometrlik suv quvurlari yotqiziladi

1,7 million surxondaryolikni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun «To‘palang» suv omboridan magistral quvur yotqizish loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 138 mln dollarga baholanmoqda, quvurlar uzunligi — 361 km.

UzAuto Motors sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi
11 avgust 2021, 21:23

UzAuto Motors sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi

Olti oy yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmi 24 foizga kamayganiga qaramasdan, sof daromadini qariyb 70 foizga — 902,6 mlrd so‘mga (84,6 mln dollar) oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
11 avgust 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 9,03 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 660,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini keyingi haftadan ishlab chiqarish boshlanadi
11 avgust 2021, 12:37

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini keyingi haftadan ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ma’qullandi. Rossiyadan keyingi haftada xom-ashyo kelganidan so‘ng, preparat ishlab chiqariladi va tekshiruv uchun yana markazga yuboriladi.

O‘zbekistondagi tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trln kub metrga baholanmoqda
10 avgust 2021, 18:53

O‘zbekistondagi tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trln kub metrga baholanmoqda

2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trillion kub metrga yetgan. Amaldagi qazib chiqarish hajmlarida ushbu zaxiralar kamida 34 yilga yetadi. Ularning yarmidan ko‘pi “O‘zbekneftgaz” korxonalari, 20 foizdan ko‘prog‘i esa “Lukoyl” kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi
10 avgust 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 23,00 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 651,00 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

2021 yil O‘zbekistonda qancha gaz qazib chiqariladi?
10 avgust 2021, 14:53

2021 yil O‘zbekistonda qancha gaz qazib chiqariladi?

2021 yilda O‘zbekistonda 53,8 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ishlab chiqarishning katta qismi «O‘zbekneftgaz» korxonalari (64,3%) hisobiga to‘g‘ri kelsa, qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda «Lukoyl», uchinchi o‘rinda Uz-Kor Gas Chemical kompaniyalari bo‘ladi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga o‘sdi
10 avgust 2021, 13:40

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga o‘sdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari avgust boshida 965 mln dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarga yetdi. Oltin zaxiralari ham 9,3 tonnadan ko‘proqqa yetdi.

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi
9 avgust 2021, 16:59

Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 11,79 so‘mga pasaydi va jami 10 628,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting