O‘zbekistonning jami oltin-zaxira aktivlari hajmi bir oy ichida 965 mln dollarga ko‘payib, 1 avgust holatida 35,11 mlrd dollarga yetdi. Markaziy bank bu haqdagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘tgan oy davomida zaxiradagi oltin 0,3 mln troya unsiyasiga (9,3 tonnaga yaqin) oshdi, uning qiymati esa 1,31 mlrd dollarga o‘sdi. Mazkur qimmatbaho metall narxi iyun oyida bir oz qimmatlashdi. Jumladan, 30 iyunda oltin narxi 1767,6 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 30 iyulda — 1822,8 dollar (o‘tgan oy davomida narx 1800 dollardan yuqori darajada saqlanib turdi).

Shu bilan birga, xorijiy valyutadagi zaxiralar 346,4 mln dollarga kamayib, 13,19 mlrd dollarga tushdi.

Manba: RBK.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning rasmiy aktivlari iyun oyida 1,37 mlrd dollarga kamayib, 34,1 mlrd dollarni tashkil etgan edi. O‘shanda bu holat oltin kotirovkalarining pasayishi bilan izohlangandi.