2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1 trln 866,9 mlrd kub metrga baholanmoqda. Bu haqda dushanba kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda taqdim etilgan taqdimot lavhalarida aytilgan. “Gazeta.uz” ularga e’tibor qaratdi.

Ushbu ko‘rsatkich Britaniyaning BP kompaniyasining 2016 yilgi bahosidan 766,9 mlrd kub metrga ko‘proq. O‘shanda BP O‘zbekistondagi gaz zaxiralarini 1,1 trln kub metrga baholagan edi.

2020 yilgi hukumat qarori loyihasida 2020−2025 yillarda O‘zbekistonning tabiiy gaz zaxiralari 361 mlrd kub metrga, neft zaxiralari esa 20,4 mon tonnaga o‘sishi baholangan edi. Xususan, “O‘zbekneftgaz” gaz zaxiralarini 120 mlrd kub metrga, neft zaxiralarini 5 mln tonnaga oshirishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan edi. Shuningdek, Epsilon Development Company kompaniyasi (AQSh) gaz zaxiralarini 194 mlrd kub metrga, neft zaxiralarini 9 mln tonnaga, Gas Project Development Central Asia va “O‘zbekneftgaz” tomonidan tuzilgan NaturalGas-Stream kompaniyasi gaz zaxiralarini 11 mlrd kub metrga, neft zaxiralarini 600 ming tonnaga oshirishi kutilgan edi.

Yig‘ilishda namoyish etilgan lavhalarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” korxonalariga 111 ta kon topshirilgan, bu mavjud zaxiralarning 50 foizini tashkil etadi, ya’ni 934,1 mlrd kub metr gazga teng. Shundan 312,8 mlrd kub metr (16,8%) Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 235,5 mlrd kub metr (12,6%) Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 195,4 mlrd kub metr (10,5%) Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 187,3 mlrd kub metr (10%) Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va 0,4 mlrd kub metr (0,2%) Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Lukoyl” kompaniyasi 413,1 mlrd kub metr (22,1%), Uz-Kor Gas Chemical 109,6 mlrd kub metr (5,9%), Surhan Gas Chemical 106,6 mlrd kub metr (5,8%), Jizzakh Petroleum 84,9 mlrd kub metr (4,5%) gaz zaxiralariga ega konlarda faoliyat yuritishadi.

Kompaniya
ZaxiralarUlush
O‘zbekiston bo‘ylab jami
1 866,9 (mlrd kub m)
100%
“O‘zbeknetfgaz”
934,1
50,0%
"Lukoyl"
413,1
22,1%
Uz-Kor Gas Chemical
109,6
5,9%
Surhan Gas Chemical
108,6
5,8%
Jizzakh Petroleum
84,9
4,5%
Natural Gas Stream
52,3
2,8%
Epsilon Development Company
50,2
2,70%
Gazli Gas Storage
48,1
2,6%
Gissarneftgaz
40,5
2,6%
Gazprom Uzbekistan
12
0,6%
New Silk Road
11,9
0,6%
Petromaruz
0,491
0,03%

“Gazeta.uz” oldinroq xabar berganidek, 2021 yilda O‘zbekistonda 53,8 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ishlab chiqarishning katta qismi “O‘zbekneftgaz” korxonalari (64,3%) hisobiga to‘g‘ri kelsa, qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “Lukoyl”, uchinchi o‘rinda Uz-Kor Gas Chemical kompaniyalari bo‘ladi.

Amaldagi ishlab chiqarish hajmida gaz zaxiralari kamida 34 yilga yetadi. Ammo zaxiralar oshishini hisobga olgan holda kelajakda bu raqamlar kattaroq bo‘lishi mumkin.

BP hisobotidagi mamlakatlar ro‘yxatida (PDF) tabiiy gazning dunyo bo‘ylab eng katta zaxiralari Rossiyada joylashgan — 38 trln kub metr. Keyingi o‘rinlarda Eron (32 trln kub metr) va Qatar (24,7 trlnk kub metr) davlatlari o‘rin olgan.