E-AUKSION platformasida Toshkentning Mirobod tumanidagi Hamid Olimjon va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasida statsionar radar o‘rnatish joyi sotuvi bo‘yicha onlayn-auksion yakuniga yetdi. Spot.uz e’tibor qaratgan savdolar iyul oxirida boshlangan edi.

Mazkur uchastkada transport oqimi 32 ming avtomobilga teng deb baholanmoqda.

36,7 mln so‘m bo‘lgan boshlang‘ich narx auksion yakunlari bo‘yicha 95 barobarga o‘sdi. Tech Age xorijiy korxonasi eng yuqori narx — 3 mlrd 496 mln 762,5 ming so‘mni taklif qildi. 64-BIT kompaniyasi esa 3 mlrd 494 mln 925 ming so‘m taklif qilib, ikkinchi bo‘ldi.

Spot nashrining qayd etishicha, 2021 yil bahoridan buyon tadbirkorlar yo‘l harakat qoidalari buzilishini foto va video qayd etish uchun yo‘l kameralari va radarlarni o‘rnatish huquqiga ega bo‘ldilar. Joylar auksion orqali qo‘lga kiritiladi — g‘olib o‘rnatish joyini keyinchalik boshqa tadbirkorlarga sotish huquqi bilan cheklanmagan muddatga sotib oladi.

2021−2022 yillarda mamlakatda tadbirkorlarni jalb qilish orqali 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Hozirda auksionga barcha hududlardan 340 dan ortiq lot joylashtirilgan.