Iqtisodiyot

Banklarda dollarning sotish kursi 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi
30 dekabr 2022, 10:12

Banklarda dollarning sotish kursi 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 30 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 140 — 11 240 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 280 so‘m.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi ko‘tarildi
29 dekabr 2022, 09:43

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi ko‘tarildi

Tijorat banklari 29 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 120 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 250 so‘m.

QQS stavkasining 12 foizga tushirilishi narxlarga qanday ta’sir qiladi? O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosarining javobi
28 dekabr 2022, 21:04

QQS stavkasining 12 foizga tushirilishi narxlarga qanday ta’sir qiladi? O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosarining javobi

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov QQSning 12 foizga tushishi ortidan narxlarning pasayishini «ehtimoldan yiroq» deb atadi. Uning fikricha, kompaniyalar «soliq stavkasi pasayishidan oladigan foydani xaridorlarga berishi dargumon». Uning aytishicha, raqobatbardosh bozorlardagina narxlar tushishi mumkin.

ITSV Turkmaniston bilan chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirishni tezlashtiradi
28 dekabr 2022, 20:19

ITSV Turkmaniston bilan chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirishni tezlashtiradi

ITSVda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mas’ul rahbarlarga O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirishni tezlashtirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

O‘zbekiston MB Smart Bank raqamli bankiga litsenziya berdi
28 dekabr 2022, 20:02

O‘zbekiston MB Smart Bank raqamli bankiga litsenziya berdi

O‘zbekistonda yana bir raqamli bank paydo bo‘ldi. MB Smart Bank bankiga litsenziya berdi.

O‘zbekistonda Airbus va Boeing samolyotlari uchun aviakerosin ishlab chiqariladi
28 dekabr 2022, 19:50

O‘zbekistonda Airbus va Boeing samolyotlari uchun aviakerosin ishlab chiqariladi

Farg‘ona NQIZ Airbus va Boeing samolyotlari uchun ishlatish mumkin bo‘lgan aviakerosin turini ishlab chiqarish huquqini beruvchi sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ishlab chiqarish hajmini oyiga 8000 tonnagacha oshirish va kelajakda mahalliy hamda xorijiy aeroportlarga yetkazib berishni ko‘paytirish imkonini beradi.

Vodiyning gaz ta’minotini yaxshilash uchun yangi magistral quvur qurilmoqda — Energetika vazirligi
28 dekabr 2022, 18:01

Vodiyning gaz ta’minotini yaxshilash uchun yangi magistral quvur qurilmoqda — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi 95 kilometr uzunlikdagi yangi «Yangiyer-Ohangaron» magistral gaz quvuri qurilayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, gaz quvuri vodiy viloyatlarining gaz ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.

11 oy davomida O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar qariyb 45 mlrd so‘m soliq to‘ladi
28 dekabr 2022, 16:56

11 oy davomida O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar qariyb 45 mlrd so‘m soliq to‘ladi

DSQ taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kompaniyalar 44,8 mlrd so‘m soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bunda, to‘langan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Samarqand viloyatining turizm salohiyati oshiriladi
28 dekabr 2022, 16:15

Samarqand viloyatining turizm salohiyati oshiriladi

Samarqand aeroportida 2023 yil 1 fevralgacha turistik axborot markazi tashkil etiladi. 2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlar 4 va undan yuqori yulduzli mehmonxonalar faoliyati uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori qanday o‘zgardi?
28 dekabr 2022, 15:07

Yil davomida ikkilamchi avtomobil bozori qanday o‘zgardi?

ITIM tahliliga ko‘ra, 2022 yil davomida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 12−15 foizga oshdi. Bunda elektromobillar ulushi 2,3 foizni tashkil etdi. Sotuvdagi mashinalarning 70 foizi mahalliy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Koreya Respublikasi «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi
28 dekabr 2022, 12:27

Koreya Respublikasi «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratadi

Joriy yilning 25 dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von ($12 mln) miqdoridagi grant ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Mazkur mablag‘lar hisobidan o‘zbek-koreys ilmiy texnik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga arzonladi
28 dekabr 2022, 10:08

Banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga arzonladi

Tijorat banklari 28 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 145 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 225 so‘m.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida turk hamda xitoy kompaniyalari elektr uzatish tarmoqlarini quradi
27 dekabr 2022, 15:27

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida turk hamda xitoy kompaniyalari elektr uzatish tarmoqlarini quradi

Turkiyaning «ŞA-RA ENERJĪ» va Xitoyning «Xian Electric Engineering» kompaniyalari Energetika vazirligining Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida 213 kilometr va 72 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish tenderlarida g‘olib bo‘ldi.

Senatorlar 2023 yil uchun mo‘ljallangan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
27 dekabr 2022, 15:13

Senatorlar 2023 yil uchun mo‘ljallangan davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

27 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Senatning 36-yalpi majlisida yuqori palata vakillari «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi.

14 ta tumanda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi
27 dekabr 2022, 12:15

14 ta tumanda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi

1 yanvardan soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi. Aholining mol-mulk va yer solig‘ini mahallaning o‘zi undirib oladi. Mablag‘larning 10 foizi keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.

Regulyator «Turkistonbank» va Hi-tech bank litsenziyalari qaytarib berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
27 dekabr 2022, 12:08

Regulyator «Turkistonbank» va Hi-tech bank litsenziyalari qaytarib berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Tarmoqlarda «Turkistonbank» va Hi-tech bank lizensiyalari qaytarib berilishi haqida xabarlar tarqaldi. MB bunga izoh berib, litsenziyasi chaqirib olingan Hi-tech bank ma’muriyati regulyator qarori yuzasidan sudga murojaat qilgani va ushbu murojaat protsessual tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Banklarda dollar kursi yana tushdi
27 dekabr 2022, 10:30

Banklarda dollar kursi yana tushdi

Tijorat banklari 27 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 150 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 250 so‘m.

Statqo‘m $173 mln ga ko‘mir import qilingani va Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha izoh berdi
27 dekabr 2022, 09:20

Statqo‘m $173 mln ga ko‘mir import qilingani va Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha izoh berdi

O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo hisobotida noyabrda 173 mln dollarlik ko‘mir importi qayd etildi. Statqo‘m ko‘mir va gaz ko‘rsatkichlari almashib qolgani, shuning uchun bunday katta miqdorda ko‘mir olinganday ko‘ringanini ma’lum qildi. Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha ham tushuntirish berildi.

Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng qayta ishga tushirildi
26 dekabr 2022, 10:50

Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng qayta ishga tushirildi

Termiz xalqaro aeroporti yana ishga tushirildi. 26 dekabr kuni aeroport birinchi reysni qabul qildi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 260 so‘mgacha tushdi
26 dekabr 2022, 10:04

Banklarda dollarning sotish kursi 11 260 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 26 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 230 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 260 so‘m.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting