Toshkentda Smart Bank raqamli banki ro‘yxatdan o‘tkazildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati.

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

«Gazeta.uz»ning bank sohasidagi axborot manbasi raqamli bank «Agrobank» sho‘’basi ekanini tasdiqladi. «Agrobank» ilovasida SmartBank nomi ham mavjud.