28 dekabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Xorazm viloyatining Shovot tumanida «O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi — Savdo markazi»ni qurish bo‘yicha ishlarning borishi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi ITSV matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining oktabrda Turkmanistonga tashrifi chog‘ida «Xorazm — Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasining qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tgan edi.

Yig‘ilishda manfaatdor vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.

oktabrda imzolangan «O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi — Savdo markazi»ni tashkil etish to‘g‘risidagi Bayonnomada belgilangan aniq vazifalar ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

o‘zбекистон - туркмаniстон, chegaraoldi savdo zonasi

Xorazm viloyati Shovot tumani hududidan 3 gektar yer uchastkasi ajratish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, barcha manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishish va loyihani moliyalashtirish uchun tijorat banklarini jalb qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish yuzasidan Ishchi guruhlar mas’ul rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

«Har bir topshiriqning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatgan holda, loyihaning har bir bosqichini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi», — deyiladi xabarda.

o‘zбекистон - туркмаniстон, chegaraoldi savdo zonasi

Savdo markazining ish rejimlarini muvofiqlashtirish, soliq ma’muriyatchiligi, bojxona va chegara nazoratida imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash doirasida Turkmaniston tomoni bilan o‘zaro hamkorlikning jihatlari muhokama qilindi. Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni izchil va sifatli hamkorlikda hal etish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarning e’tibori ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida Savdo markazini qisqa muddatlarda ishga tushirishning ahamiyati va istiqbollariga qaratilib, loyihani amalga oshirishni jadallashtirish doirasida qo‘shimcha vazifalar belgilandi, deya qayd etdi vazirlik.