Standard & Poor’s agentligi Toshkent viloyatiga barqaror prognozli «VV-» kredit reytingini berdi.
Atom elektr stansiyasi qurilishida Rossiya normativlaridan foydalaniladi, MAGATE ekspertlari O‘zbekiston hukumatining mazkur qarorini qo‘llab-quvvatladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi joriy etiladi.
Navoiy viloyati hududi 2030 yil 1 yanvarga qadar erkin iqtisodiy zona sifatida belgilandi.
Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
AQSH Eksport-import banki vakili amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi va Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.
Iste’mol kreditlari va qarzlarining to‘liq qiymatini hisoblash tartibi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bosh vazir qabulxonasiga yuborilgan tadbirkorlar murojaatlarini ular shikoyat qilgan tashkilotlarga topshirish taqiqlandi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi va Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida 2019−2020 yillarda o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Markaziy bank va Visa O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmalarini rivojlantirishda hamkorlik qiladi.
Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Humo International kartalarini Mastercard tarmog‘ida qabul qilish hamda jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
O‘zbekiston 72,93 mln yevro evaziga Ispaniyaning Talgo kompaniyasidan ikkita tezyurar poyezd xarid qiladi.
Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilgi YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha tafovutlar tarmoqlar statistikasi ma’lumotlarini qayta hisoblab chiqish natijalari bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
Valijon To‘rayev Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Toshkentdagi Ohangaron va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistonda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Inshootni 2019-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Toshkent shahar hokimligida 24 nafar tadbirkorga 2,1 trln. so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar topshirildi.
Hukumat qarori bilan Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalari tasdiqlandi.
Xalq bankining pensionerlar uchun kartalaridan naqd pul yechib olishda komissiya undirilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting