Qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan bosh vazir qabulxonasiga shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz topshirish taqiqlanadi. Bu haqda prezidentning qabulxona faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonida so‘z boradi.

Hujjat murojaatlar bilan ishlash tartiblarini tavsiflab beradi. Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni qabul qilish hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari ishtirokida tasdiqlangan jadval bo‘yicha har kuniamalga oshiriladi.

Respublika darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari keyinchalik O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining rahbarlari va boshqa vakolatli organlar ishtirokida ko‘rib chiqish uchun Kotibiyatga yuboriladi.

O‘zbekiston bosh vaziri murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlik sub’ektlarini, shu jumladan, chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi.