Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 mayda «Ikkita yo‘lovchi tashuvchi va to‘rtta ekonom-klass vagonli tezyurar Talgo-250 elektropoyezdini sotib olish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi, deyiladi O‘zA xabarida.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur loyihaning umumiy qiymati 72,93 mln yevroni tashkil qiladi.

Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi tarkibida 14,37 mln yevro qiymatidagi soliq va bojxona imtiyozlari ham nazarda tutilgan.

O‘tgan yilning sentyabrida O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai va Ispaniyaning Talgo kompaniyalari bilan tezyurar poyezdlar sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani xabar qilingandi.