Standard & Poor’s xalqaro reyting agentligi Toshkent viloyatiga uzoq muddatli «VV-» reytingini berdi. Reyting bo‘yicha prognoz — barqaror. Bu haqda agentlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

«„Barqaror“ prognozi bizning viloyat byudjet cheklovlariga rioya etgan holda kuchli moliyaviy ko‘rsatkichlarni qo‘llab-quvvatlashini kutayotganimizni aks ettiradi, — deyiladi xabarda. — Biz, shuningdek, o‘rta istiqbolda viloyat past darajadagi qarz yuklamasini qo‘llab-quvvatlashi, biroq milliy qonunchilik ijozat bersa, uzoq muddatli istiqbolda uncha katta bo‘lmagan miqdorda tijoriy qarzlarni jalb qilishi mumkin, deya taxmin qilmoqdamiz».

S&P O‘zbekiston suveren reytinglari pasaygan va qarzlarni boshqarish amaliyoti kuchsizligi manzarasida qarzlar zumda to‘plangan taqdirda, viloyat reytingini pasaytirishi mumkin.

Agarda O‘zbekiston suveren reytinglari oshsa yoki Toshkent viloyati taalluqli bo‘lgan institutsional ijtimoiy moliya tizimlari yanada oldindan ayta olarli va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi bo‘lsa, viloyat reytingi ham ko‘tarilishi mumkin.

Tahlilchilar fikricha, O‘zbekistonda hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining juda beqaror va markazlashtirilgan institutsional tizimga egaligi bois viloyatning kreditlarni qaytarish salohiyati cheklangan. Viloyatning farovonlik darajasi past ekani ham cheklovchi omillardan biridir.

«Biz Toshkent iqtisodiyotini xalqaro miqyosda kuchsiz baholaymiz. Bu — farovonlik darajasining pastligi hamda iqtisodiyotning metallurgiya va tog‘-kon sohasiga qaratilgani bilan bog‘liq», — deyiladi xabarda.

S&P Toshkent viloyati YAIM o‘sishi O‘zbekiston YAIM o‘sishi bilan mos ravishda 2019−2021 yillarda o‘rtacha 5,3 foizni tashkil etishini kutmoqda.