Siyosat

dayjest

O‘zbekiston va Xitoy tashabbusi bilan 10-iyun Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilindi

BMT Bosh assambleyasi 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida Xitoy va O‘zbekiston ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi. Maqsadlar sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirishdan iborat.


dayjest

AQSh savdo vakili O‘zbekistonga keladi

AQSh savdo vakili Ketrin Tay 11−12-iyun kunlari Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Ostonada bo‘lib o‘tadigan AQSh va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi Savdo va investitsiyaviy hadli bitim yig‘ilishida ishtirok etadi.


dayjest

Toshkent shahri Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Fazliddin Baxromov Toshkent shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonda maktablarning birinchi sinfiga qabul 20-iyundan boshlanadi

20-iyundan yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boshlandi. Jarayonlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Maktab ta’limi vazirligining eslatishicha, bu yil birinchi sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.


dayjest

May oyida ham O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

May oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 36,6 mlrd dollarga yetdi. Zaxiradagi oltinning fizik hajmi 3,1 tonnaga kamaydi. Zaxiralar tarkibida birinchi marta 35 mln dollarlik qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘ldi.


dayjest

“Mening bog‘im” loyihasiga start berildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘im” loyihasiga start berilganini ma’lum qildi. Bu orqali budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.


dayjest

O‘zbekiston Turkiya tajribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtiradi

Prezident huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan iqtisodiy hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi. Birinchi davlat bilan to‘qimachilik, charm va elektrotexnika mahsulotlariga bojlarni pasaytirish, ikkinchisi bilan transport, raqamlashtirish va energetika sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.


dayjest

O‘zbekistonda elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiruvchi tungi tarif joriy qilinadi

O‘zbekistonda elektromobilni xonadonda quvvatlantirish uchun rag‘batlantiruvchi tungi tarif joriy etiladi. Bunda quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatganlar mashinasini tungi vaqtda quvvatlantirgani uchun elektr energiyasiga arzon tarifda haq to‘laydi.


dayjest

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda

Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.


dayjest

Ko‘mir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar berish rejalashtirilmoqda

Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.


Jamiyat

dayjest

Tojikistonda bo‘lgan kuchsiz zilzila O‘zbekiston janubida ham sezildi

Dushanba kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Viloyat tumanlarida sezilish kuchi 2 ballni tashqil qildi.


dayjest

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi (foto, video)

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi"ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi.


dayjest

Hafta boshida harorat +41 darajagacha isiydi

Haftaning birinchi yarmida harorat +41 darajagacha ko‘tariladi. So‘ngra +32…+35 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1−2 darajaga yuqori. Ayrim tog‘li hududlarda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, joylarda chag-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.


dayjest

2024-yilning mayi eng nam may oylari beshligiga kirdi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda o‘tgan may oyida hatto eng issiq kunlarda ham harorat o‘zining rekord qiymatlariga yaqinlashmadi, +25…+30 daraja atrofida bo‘ldi. Ko‘plab hududlar bo‘yicha oy eng nam may oylari beshligiga kirdi, yog‘ingarchilik me’yordan 1,3−2,8 marta ko‘p bo‘ldi.


dayjest

Toshkent viloyatida 14 yoshli yigit suvga cho‘kib, halok bo‘ldi

Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.


dayjest

Toshkentda kabel tarmog‘idagi yong‘in sabab ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar yuzaga keldi

Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yerosti kabelida yuz bergan yong‘indan so‘ng pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi va Toshkent shahar IIBB. Shuningdek, yaqin atrofdagi aholi punktlarida elektr energiyasi vaqtincha uzilgan.


dayjest

“Yashil makon” loyihasi doirasida 1 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi

Bosh prokuratura “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilganini aniqladi. Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan.


dayjest

“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud boshlanadi

11-iyun kuni “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev, shuningdek, yana 28 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlanadi. Ular Jinoyat kodeksining tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, jinoiy uyushma tashkil etish kabi jami 14 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.


Jahon

dayjest

Qozog‘istonda noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlarda 27 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlarda 27 nafar o‘zbekistonlik ushlandi. Ulardan 3 nafariga ma’muriy javobgarlik tayinlandi, qolganlari ish joyiga qaytarildi. Mamlakat bo‘ylab migratsiya huquqbuzarliklarini aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.


dayjest

Rossiyaning Xarkovdagi hujumi “boshi berk ko‘chaga kirib qoldi” — Bloomberg

Rossiyaning Xarkov viloyatida yangi front ochishga urinishi “boshi berk ko‘chaga kirdi” va Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish qayta tiklanishi fonida “Rossiya yutug‘i uchun oynalar yopilib bormoqda”, — deb yozmoqda Bloomberg nashri.


dayjest

Pavel Durov yozda Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda

Telegram asoschisi Pavel Durov yozda Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohatdan maqsad — odamlar Telegram`dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlari qanday ekanini o‘rganish.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!