10-may kuni soat 08:14 da Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila ta’siri O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.

Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 4,9. Chuqurligi esa 120 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 395 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Sho‘rchi tumanida 2 ball, 28 km.
  • Uzun tumanida 2 ball, 39 km.
  • Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 54 km.
  • Denov tumanida 2 ball, 63 km.
  • Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 68 km.
  • Bandixon tumanida 2 ball, 69 km.
  • Qiziriq tumanida 2 ball, 81 km.
  • Termiz tumanida 2 ball, 83 km.
  • Boysun tumanida 2 ball, 90 km.
  • Angor tumanida 2 ball, 91 km.
  • Termiz shahrida 2 ball, 100 km.