11-iyun kuni Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida Saidaziz Saidaliyev (“Saidaziz medgorodok”)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha birinchi instansiya sudi jarayoni boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan yil dekabr oyida jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar davomida Toshkent shahri IIBB xodimlari “Saidaziz medgorodok” va yana bir necha kishini tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olgandi. Ular qarzdorlik va boshqa muammolari bo‘lgan shaxslarning muammolarini qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish evaziga moddiy jihatdan manfaatdor bo‘lish, tahdidlar yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish, bezorilik va tamagirlik bilan shug‘ullangani taxmin qilinmoqda.

Sudga M.Mirzajonov raislik qiladi. U jami 29 kishining jinoyat ishini ko‘rib chiqadi:

  1. S. Saidaliyev;
  2. M. Mirxodjayev;
  3. Sh. Samiyev;
  4. A. Akramov;
  5. I. Satvaldiyev;
  6. F. Alimov;
  7. R. Bobonazarov;
  8. L. Shomurodov;
  9. N. Tulyaganov;
  10. Sh. Quvatov;
  11. G‘. O‘rinboyev;
  12. U. Maxmudov;
  13. A. Nurmatov;
  14. B. Erkinov;
  15. A. Yuldashev;
  16. S. Usmonov;
  17. D. Umirzakov;
  18. T. Abdumalikov;
  19. D. Badalov;
  20. U. Raximov;
  21. D. Xoshakov;
  22. Z. Qayumov;
  23. B. Muminov;
  24. D. Yunusov;
  25. D. Sultanov;
  26. B. Samadov;
  27. X. Riskiyev;
  28. B. Rahmonov;
  29. Yo. Sotivoldiyev.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, ular Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda:

  • 112 (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish);
  • 165 (Tovlamachilik);
  • 168 (Firibgarlik);
  • 182 (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish);
  • 227 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish);
  • 228 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
  • 229 (O‘zboshimchalik);
  • 236 (Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish);
  • 237 (Yolg‘on xabar berish);
  • 238 (Yolg‘on guvohlik berish);
  • 242 (Jinoiy uyushma tashkil etish);
  • 243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
  • 277 (Bezorilik);
  • 28,211 (Pora berishda ishtirok).

28 nafar sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish va 1 nafariga munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.