AQSh savdo vakili Ketrin Tay 11−12-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda uning idorasi.

Tashrifning birinchi kunida u prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, u prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev bilan ham uchrashadi.

Ketrin Tayning mehnat huquqlari va umuman inson huquqlariga ixtisoslashgan Uzbek Forum tashkiloti vakillari hamda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tayyorlangan mehnat huquqlarini monitoring qiluvchi mutaxassislar bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

12-iyun kuni savdo vakili Samarqandga tashrif buyuradi. U yerda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashib, shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.

Ketrin Tay 12−13-iyun kunlari Ostonaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan, u yerda AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi Savdo va investitsiyaviy hadli bitim (Trade and Investment Framework Agreement, TIFA) yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ketrin Tai — advokat, Vakillar palatasi qo‘mitasi bosh savdo maslahatchisi. U AQSh savdo vakili lavozimiga prezident Jo Bayden tomonidan taklif qilingan.

AQSh savdo vakili tashqi savdo siyosatini muvofiqlashtirish, savdo qonunlarini ishlab chiqish, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama savdo shartnomalarini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan davlat xodimi hisoblanadi. U AQSh prezidentining ijroiya apparati tarkibiga kiradi.