Fazliddin Faxriddin o‘g‘li Baxromov Toshkent shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

U 1991-yilda tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (ishlab chiqarishni boshqarish fakulteti) bakalavriatini, 2018-yilda magistraturani, 2020-yilda esa Toshkent shahridagi Vebster universitetining magistratura bosqichini tamomlagan (loyihalar boshqaruvi fakulteti, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohibi).

U bu lavozimga tayinlangunga qadar prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Natijalarga erishish boshqarmasi (Delivery Unit) mutaxassisi, Yoshlar ishlari agentligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.