Siyosat

dayjest

Shavkat Mirziyoyev 6-iyunda Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.


Iqtisodiyot

dayjest

“Barcha uchun teng sharoitlar”. Qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi farmon haqida asosiy ma’lumotlar

O‘zbekiston mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishda davom etmoqda. Prezident qarori bilan eksportga beriladigan qator subsidiya va preferensiyalar, samarasi past soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi, yig‘imlar qayta ko‘rib chiqiladi va boshqa choralar ko‘riladi.


dayjest

UzGasTrade va “O‘zenergosotish"ning gaz va elektroenergiya tashqi savdosi bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan, 2026-yildan UzGasTrade`ning tabiiy gaz eksport va importi bo‘yicha yagona operator sifatidagi huquqi, shuningdek, “O‘zenergosotish"ning ham elektr energiyasi bo‘yicha shunday huquqi bekor qilinadi. Yana bir qator kompaniyalarning maxsus huquqlari bekor qilinmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda 2025-yildan tashqi internet kanali monopoliyasi bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-yanvardan xususiy provayderlarga sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqi beriladi. “O‘zbektelekom"ning tashqi internet kanali bo‘yicha monopoliyasini 2020-yildayoq bekor qilish rejalashtirilgandi.


dayjest

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga davlat xaridlari bo‘yicha imtiyozlar qisman bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan, 2026-yil iyuldan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar, shuningdek, mahalliy elektr jihozlari uchun narx preferensiyalari qisman bekor qilinadi. obyektni parallel loyihalash va qurish jarayonida xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish taqiqlanadi.


dayjest

O‘zbekistonning mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlari 1-avgustga qadar xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Shahrisabzda turizm klasteri tashkil etiladi, tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi

Prezident Shahrisabz shahri va tumanida turizm klasteri tashkil etishni buyurdi. Bu uchun 240 mlrd so‘mga yo‘llarni ta’mirlash, 115 milliard so‘mga G‘elon qishlog‘ida infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. U yerda 3000 gektar maydonda tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi.


Jamiyat

dayjest

Surxondaryoda 3 ta mashina to‘qnashuvida Nexia-3 yonib ketdi (+video)

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 3 ta mashina to‘qnashdi. Oqibatda Nexia-3 mashinasi yonib ketdi. Hech kim jarohatlanmagan.


dayjest

Surxondaryoda futbol musobaqasi payti IIB xodimlariga tosh otib, qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar shaxs jazolandi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqasi payti jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.


dayjest

10-iyundan Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi

10-iyundan Toshkentdan Qirg‘izistondagi Issiqko‘lgacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Avtobus oyning juft kunlarida Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi — 300 ming so‘m.


dayjest

Toshkentda Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan qizni urib yubordi (video)

Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodalardan birini urib yubordi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Videolavhada YTH ro‘y bergan joy yaqinida svetofor borligini ko‘rish mumkin.


dayjest

O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni oldi

Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston merganlari besh marta rekord natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada 11 ta davlatdan jami 36 ta jamoa ishtirok etdi. Video.


dayjest

Buxoroda Nexia shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.


dayjest

“Baxti Tashkentskiy” sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi

3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh mavjud. Sudda Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.


dayjest

Olmaliqda 16-qavatdan sakragan qiz halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qiz 16 qavatli bino tomidan sakrab, halok bo‘ldi. Qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan IIB va FVB xodimlari bilan suhbatlashganiga qaramasdan, o‘z joniga qasd qilgan.


dayjest

Toshkent viloyatida bemor tez tibbiy yordam shifokorini urdi

Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.


Sport

dayjest

O‘zbekistonlik harbiy taekvondochilar JCHda 12 medalni qo‘lga kiritdi

Mungyong (Janubiy Koreya) shahrida o‘tkazilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 oltin, 2 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu natija tufayli erkaklar ham, ayollar ham jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi.


dayjest

Zaamin Ultra marafonida 2100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (foto)

Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.


Jahon

dayjest

Klaudiya Sheynbaum Meksikaning ilk ayol prezidentiga aylanadi

Meksikadagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili, fizik olim Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!