1−3-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida 27-jahon chempionati o‘tkazildi. O‘zbekistonlik sportchilar 12 ta medal — 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu natija orqali yigitlar ham, qizlar ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Medalchilar

Oltin:

  • -68 kg: Ulug‘bek Rashitov
  • -80 kg: Jasur Jaysunov
  • -87 kg: Shuhrat Salayev
  • +87 kg: Nikita Rafalovich
  • -62 kg: Feruza Sodiqova
  • -73 kg: Gulsanam Alijonova

Kumush:

  • -57 kg: Madina Mirabzalova
  • + 73 kg: Svetlana Osipova

Bronza:

  • -46 kg: Samira Adashaliyeva
  • -49 kg: Zuhra Tojimatova
  • -53 kg: Marjona Primova
  • -67 kg: Ozoda Sobirjonova

Musobaqada 20 dan ortiq davlatdan 300 nafar sportchi ishtirok etdi.